Joongbu universiteti Janubiy Koreyada akkreditatsiyadan oʻtgan universitet hisoblanadi. Ushbu universitet Dejon Global va Seul Koyang kampuslariga ega.
Universitet quyidagi dasturlar/bosqichlarda tahsil olish imkoniyatini taklif qiladi:
- Til kursi
- Bakalarviat
- Magistratura
- PhD bosqichi
Hozirda mazkur universitetning Xalqaro boʻlimi boshligʻi Lee MIN Hee yuqorida sanalgan dasturlar uchun talabalarni suhbat asosida saralab olmoqda.
Ushbu suhbatlar 2022-yil 18-oktabrdan 27-oktabrgacha davom etadi.
Suhbatda kimlar qatnashishi mumkin?
Hozirda til kursi, bakalavriat, magistratura va PhD bosqichiga qabul yuzasidan suhbatlar boʻlib oʻtmoqda. Suhbatda quyidagi nomzodlar ishtirok etishi mumkin:
- TOPIK yoki IELTS sertifikati bor nomzodlar. Til kursi uchun TOPIK 1-2, bakalavriat, magistratura va PhD uchun TOPIK 3 yoki IELTS 5.5.
- Hali til sertifikatiga ega boʻlmagan, lekin til imtihonini topshirgan / imtihoniga roʻyxatdan oʻtgan va 2022-yil 3-dekabrgacha sertifikatni qoʻlga kiritadigan nomzodlar.
Grantlar bormi?
Ha, bor. Talabalar til sertifikatlari ballari va boshqa koʻrsatkichlariga qarab, kontrakt summasi uchun 10% dan 100% gacha chegirmani qoʻlga kiritishi mumkin.
Universitetdagi kontrakt toʻlovlari miqdorlari quyidagicha:
- Bakalavriat uchun: semestriga 3 117 000~3 907 000 KRW
- Magistratura va PhD uchun: semestriga 2 345 000~4 644 000 KRW
Universitetdagi grantlar va kontrakt toʻlovlari bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.
Qabul yoki suhbatga qanday roʻyxatdan oʻtish mumkin?
Roʻyxatdan oʻtish uchun Joongbu universiteti bilan rasmiy hamkorlik shartnomasiga ega Pearls Language Education markaziga murojaat qiling. Qabul onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Murojaat uchun kontaktlar:
Batafsil maʼlumot, savollar va qabul masalalari yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel.: +998933350033
Telegram: @MrDevid_P
Pearls Language Education markazining Telegram kanali
Universitet, qabul, dasturlar, kontrakt toʻlovlari, grantlar va boshqa maʼlumotlar bilan universitetning oʻzbek tilidagi sahifasida tanishishingiz mumkin.
Elchixona uchun KDB ma’lumotnomasi va ota-ona yillik daromadi talab qilinadi.