×

Maktabning 10-11-sinf oʻquvchilar va kollej/litsey oʻquvchilari uchun “Kelajaging trayektoriyasi” nomli xalqaro onlayn olimpiada!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2767 marta

CHOP ETILGAN

28.03.2023

Moskva aviatsiya instituti “Kelajaging trayektoriyasi” nomli xalqaro onlayn olimpiada tashkil etmoqda. Olimpiadada maktabning 10-11-sinf oʻquvchilar va kollej/litsey oʻquvchilariqatnashishi mumkin.

Olimpiada quyidagi fanlar boʻyicha topshiriqlardan iborat boʻladi:

  • Matematika
  • Fizika
  • Informatika

Sovrinlar

Olimpiadada ishtirok etgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar Moskva aviatsiya institutiga kirish va institut tomonidan taklif etiladigan grantlarni qoʻlga kiritish uchun qoʻshimcha ballga ega boʻladi.

Olimpiada rus tilida oʻtkaziladi. Olimpiadada qatnashish bepul.

Bosqichlar

Olimpiadada ishtirok etish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

1. Roʻyxatdan oʻtish. Ishtirok etish uchun nomzodlar 2023-yil 31-martgacha onlayn tarzda BU YERDA roʻyxatdan oʻtishi kerak (“Регистрация участника” tugmasini bosing).

2. Birinchi bosqich. Bu bosqich 2023-yil 14-16-aprel kunlari oʻtkaziladi. Unda ishtirokchilar olimpiada topshiriqlarini yechadi.

3. Ikkinchi bosqich. Bu bosqich 2023-yil 12-14-may kunlari oʻtkaziladi.

4. Mukofotlash. Olimpiada gʻoliblari sertifikatlar va Moskva aviatsiya institutiga kirish va institut taklif qiladigan grantlarni qoʻlga kiritish uchun qoʻshimcha ballga ega boʻladi.

Maslahatlar:

  • Olimpiadada qatnashish koʻproq bilishga undaydi. Kelajakda, agar siz olimpiadada gʻolib chiqa olmagan boʻlsangiz ham, bu bilim sizga yordam beradi. Gʻoliblik oʻz yoʻliga, siz olimpiadalar orqali haqiqiy bilimdon boʻlishingiz mumkin.
  • Sizni qiziqtirgan barcha musobaqalarda qatnashishga harakat qiling: ular foyda bermasa yoki gʻalaba qozonish imkoniyati kichik boʻlsa ham, bu yaxshi mashgʻulot.
  • Olimpiadalarda qatnashish faqat daholarga xosdek tuyulishi mumkin, lekin aslida unday emas. Har bir harakat qilgan kishi turli olimpiadalarda qatnashib, sovrindor boʻlish imkoniyatiga ega! Olimpiadalarda qatnashish bepuldir va olingan koʻnikmalar siz uchun nihoyatda foydali boʻladi.

Olimpiadaga qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?

Olimpiada vazifalari oʻziga xosligi bilan mashhur va ularni yechishda ijodkorlikni talab qilganligi sababli, ularni yechishning yagona usuli mavjud emas. Biroq, koʻpincha olimpiadalarda avvalgi yilgiga oʻxshash topshiriqlar boʻladi. Shuning uchun tayyorgarlikning eng samarali usuli avvalgi yillardagi olimpiadalarning vazifalarini yechishdir.

Bundan oldingi olimpiadada tushgan topshiriqlarni olish uchun Moskva aviatsiya institutiga quyidagi kontaktlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

  • E-mail: sng@mai.ru
  • WhatsApp/Telegram: +7(968) 535 58 95

Olimpiadalarda qatnashishning eng muhim 5 sababi

1. Oʻz bilimingizni sinash.

Olimpiada vazifalarini hal qilish uchun maktab oʻquv dasturi har doim ham yetarli boʻlmaydi, yaʼni siz doimo bilimlaringizni  toʻldirishingiz, fanlarni chuqurroq oʻrganishingiz kerak. Olimpiadalarda ishtirok etish bilimlaringizni oshiradi.

Olimpiada har doim imtihonlardan qiyinroq. Shu sababli, olimpiadaning tajribali ishtirokchilari imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishda kamroq qiyinchiliklarga duch keladi.

2. Imtihondan oldingi tayyorgarlik.

Olimpiada oʻziga xos sinov imtihonidir, unda siz olingan bilimlarni bevosita qoʻllashingiz mumkin. Imtihon topshirishda juda keng tarqalgan muammo — bu hayajondir. Olimpiadalarda takroriy ishtirok etish sizga stress va hayajonni qanday yengish kerakligini, shuningdek, vaqtingizni hisoblashni oʻrgatadi.

3. Nostandart vazifalarni yechish.

Bunday bellashuvlar iqtidorli oʻquvchi va talabalarni aniqlashga qaratilgan. Tanlov ishtirokchilaridan nafaqat muayyan fan boʻyicha bilim darajasini, balki mantiqiy fikrlash va yetakchilik qobiliyatini ham koʻrsatish talab etiladi. Baʼzan vaziyatni tahlil qilish, yangi maqsad va vazifalarni qoʻyish hamda ortiqcha narsalarni chetga surish uchun komfort zonasini tark etish juda muhimdir.

4. Oliy taʼlim muassasasiga kirishda qoʻshimcha ball.

Anʼanaga koʻra, imtiyozlar uch turga boʻlinadi: shaxsiy yutuqlar yigʻindisiga qoʻshimcha ball (10 ballgacha), olimpiada fanidan Yagona davlat imtihoniga avtomatik 100 ball, kirish testisiz universitetga kirish. Ushbu olimpiadalar roʻyxati har yili Fan va oliy taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, lekin ularning aksariyati oʻzgarmaydi.

Bu roʻyxatga qoʻshimcha ravishda, har yili Rossiyaning yetakchi universitetlari olimpiadalar oʻtkazadi, ularda qoʻlga kiritilgan sovrinli oʻrinlar maʼlum bir universitetga qoʻshimcha ball beradi.

5. Tanishlar orttirish.

Olimpiada harakati ishtirokchilari odatda oʻxshash qiziqish va gʻoyalarga ega boʻladi. Olimipiada davomida fikr va bilim almashish, taʼlimga oid hayotiy layfhaklarni ulashish, shunchaki suhbatlashish va taassurotlarni baham koʻrish imkoniyati mavjud.

Olimpiada haqida batafsil maʼlumotni olimpiadaning rasmiy sahifasidan olishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

  • E-mail: sng@mai.ru
  • WhatsApp/Telegram: +7(968) 535 58 95

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!