×

“Najot Taʼlim” va “Cambridge LC” markazlari 2 mlrd 500 mln soʻmli grant eʼlon qildi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3888 marta

CHOP ETILGAN

27.03.2023

“Cambridge LC” va “Najot Taʼlim” oʻzaro hamkorlikda kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo’yishida koʻmaklashish maqsadida “Kelajak yoshlari” nomli navbatdagi taʼlim grantini eʼlon qildi.

Ushbu dasturda 2 mlrd 500 mln soʻmli taʼlim granti orqali 100 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash, grafik dizayn yoʻnalishlarida 1 yil davomida bepul taʼlim berish reja qilingan.

Bu yilgi grantga qabul qilinganlarning oʻqishi joriy Ramazon oyida boshlanib, keyingi Ramazon oyining oxirigacha davom etadi.

“Kelajak yoshlari” grantida Oʻzbekiston Respublikasining istalgan hududida istiqomat qiluvchi 15 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Ushbu grantga roʻyxatdan oʻtish 2023-yil 3-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi. Arizalar BU YERDA onlayn tarzda topshiriladi.

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali “Najot Taʼlim” va “Cambridge LC” markazlari tomonidan saralab olinadi.

Savollar yuzasidan quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +998 78-888-9-888

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!