“Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq:
- har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
- Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi.
- 2021-yil 1-yanvarga qadar DTM tomonidan matematika fanini bilish darajasini baholash boʻyicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
- Imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat OTMga oʻqishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.
- 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani boʻyicha oʻqituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlishlari majburiy hisoblanadi.
- Milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani oʻqituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani oʻqituvchilaridan tashqari) 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq toʻlanadi.