×

Keyingi yildan boshlab milliy sertifikati bor abituriyentlar OTMga kirish imtihonida matematika fanidan test topshirmaydi va ularga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi​


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4705 marta

CHOP ETILGAN

08.05.2020

“Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq:

  • har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
  • Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi.
  • 2021-yil 1-yanvarga qadar DTM tomonidan matematika fanini bilish darajasini baholash boʻyicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
  • Imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat OTMga oʻqishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.
  • 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani boʻyicha oʻqituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlishlari majburiy hisoblanadi.
  • Milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani oʻqituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani oʻqituvchilaridan tashqari) 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq toʻlanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!