×

Keys-chempionat


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3681 marta

CHOP ETILGAN

16.07.2020

Keys-chempionatda ishtirok eting va oʻqishingizni Bank-moliya akademiyasi bakalavriatida 3-kursidan davom ettirish, 12 oylik magistraturada tahsil olish, ish taklifi, grantlar va boshqa imkoniyatlarni qoʻlga kiriting.

Bank-moliya akademiyasiga iqtidorli talabalar uchun koʻp bosqichli tanlov boshlanganligini maʼlum qiladi.

Hamisha yangilik sari intiluvchi Bank-moliya akademiyasi rahbariyati iqtidorli talabalarni tanlash jarayonida ham yangicha yechim topdilar. Oʻzbekistonda birinchi marta Akademiyaga tinglovchilarni yangi usulda tanlash jarayoni amalga oshirilmoqda:

1. Akademiya sayti – http://bfa.uz/ da onlayn tarzda anketani toʻldirish – bu talabgorlarni keys chempionatda qatnashishini birinchi qadami. MUHIM: chempionatda ishtirok etmoqchi boʻlganlar joriy yilning 20-iyul, 22:00 ga qadar http://bfa.uz/ sahifasida onlayn roʻyxatdan oʻtishi lozim.

2. Ijtimoiy tarmoqda jamoani qurish – barcha roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar ijtimoiy tarmoqda oʻzlari 5 kishidan iborat jamoalarni shakllantiradilar.

3. Akademiya tomonidan tasdiqlangan biznes-keyslarni tanlab, bir hafta muddatda keyslar boʻyicha yechim ishlab chiqish va video taqdimot tayyorlaydilar – oʻz bilim va mahoratingizni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat.

4. Javoblar mustaqil hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi – taqdimotlarga haqiqiy professionallar baho beradi.

5. Keys chempionati bosqichida gʻolib jamoalarni tanlash – gʻoliblar Sertifikatlar bilan taqdirlanadi va keyingi bosqichga yoʻllanma oladi.

6. Chempionat gʻoliblari Akademiyaga kirish uchun Akademiya sayti –http://bfa.uz/ orqali kerakli parametrlarni koʻrsatgan holda nomzod anketasini toʻldirishadi – bunda talabgor tanlagan mutaxassisligi va koʻchirilayotgan oliy oʻquv yurtini koʻrsatishi kerak.

7. Gʻolib jamoa aʼzolari individual testlardan oʻtadilar – avvalgi bosqichda jamoada ishlash mahoratingiz sinov qilingan boʻlsa, bu bosqichda individual bilimlaringizni namoyon etishingiz muhim. Testlar ingliz va rus tillaridan birida, sizning tanlovingizga koʻra oʻtkaziladi.

8. Buyurtmachilar bilan yakuniy suhbat (ish taklifi, grant, stipendiya yoki taʼlim krediti yutib olish imkoniyati) – zamonaviy kadr uchun zarur jihatlar — matn va raqamli maʼlumotlar bilan ishlash, maʼlumotlar bilan ishlashda hushyorlik kabi sifatlaringizni sinovdan oʻtkazib, ajoyib imkoniyatlarga ega boʻlishlari mumkin.

9. Tanlovning yakuniy qarori – suhbat davri tugagandan soʻng 3 kun muddatda natijalarni bilish imkoniyati. Buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar – ish taklifi, grant, stipendiya yoki taʼlim kreditini tanlash talabgorlar xohishiga koʻra amalga oshiriladi.

Hujjatlarni BMA sayti – http://bfa.uz/ orqali qabul qilinishi va imtihonlarning ham toʻliq onlayn shaklda oʻtkazilishi bugungi pandemiya sharoitida qatnashuvchilar salomatligiga aslo xavf solmaydi.

Koʻp bosqichli tanlov gʻoliblari bakalavriat bosqichini 3-kursdan Akademiyada davom ettirish imkoniyati yoki 12 oylik magistratura bosqichi tinglovchilari safiga qabul qilinadi.

Tanlovda iqtisodiyot yoʻnalishi 3-kurs bakalavriat bosqichi talabalari va magistraturaga kirish istagidagi nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Hozirda chempionat uchun ochilgan maxsus telegram guruhda 5 kishidan iborat jamoalar tuzilmoqda.

Oʻqishni grant asosida koʻchirish  uchun nomzodlar USHBU NIZOMda tanlov jarayoni haqida batafsil maʼlumot olishi mumkin.

Chempionat orqali magistraturada grant asosida tahsil olish haqidagi Nizom hali eʼlon qilinmagan. Yaqin kunlarda akademiya sayti eʼlon qilinadi.

Savollar boʻyicha quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Telefon: +99899 8322409
Savol va murojaatlar uchun maxsus telegram bot: @BFA_uz_bot
Sharhlar, suhbat va savollar uchun maxsus telegram guruh: https://t.me/BFA_General

Akademiyaning telegram kanali: https://t.me/bfauz

Akademiyaning veb-sayti: http://bfa.uz/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!