×

Koreyada to’liq grant asosida o’qish imkonini beruvchi KGSP dasturi haqida (magistratura uchun)


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

24258 marta

CHOP ETILGAN

05.01.2019

Sizga KGSP-2019 (Korean Government Scholarship Program)  dasturi bo’yicha bir qancha foydali ma’lumotlarni berib o’tamiz. (Magistraturaga hujjat topshiruvchilar uchun)

💼 Asosiy ma’lumotlar:

O’zbekiston uchun ham  jami 17ta (University track: 12 ta o’rin, Embassy track: 5 ta o’rin) ajratilgan.

⏰ 2019-yilgi KGSP dasturi uchun hujjat topshirish 2019-yil 1-fevralidan 2019-yil 15-martgacha davom etadi. (☝️Deadline sanasi har bir universitetga qarab 10-martdan 20-martgacha o’zgarishi mumkin)

🌐 Asosiy talablar (Ushbu talablarga mos tushmasangiz KGSP dasturiga hujjat topshira olmaysiz):

  • Bakalavr diplomi
  • Diplom bahosi o’rtacha 80% dan past bo’lmasligi kerak
  • Koreyada oldin Bakalavr dasturida o’qimagan bo’lishingiz lozim

💪 Sizga quyidagi ko’rsatgichlarga ega bo’lish tafsiya etiladi:

  • IELTS sertifikati ( 6.5 eng kamida) yoki TOPIK 4 (Koreys tili bilish darajasi)
  • Turli xil o’quv sohangizga oid bo’lgan sertifikatlar, volontyorliklik faoliyati bilan shug’ullanganligingiz haqida hujjat, darsdan tashqari ijtimoiy faoliyatga doir yorliqlar

✅ KGSP dasturi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi:

  • 2 yil Master (+ 1 yillik Koreys tili kursi) to’liq qoplanadi (TOPIK 5 yoki 6 darajaga ega bo’lmagan g’olib talabalar 1 yil davomida Koreys Tili dasturini o’tashi lozim)
  • oylik 900 000 won (~800$) stipendiya beriladi.

Agar sizda koreys tili TOPIK 5 yoki 6 darajasi bo’lsa stipendiya miqdori 1 000 000 won  (~900$) tashkil etadi.

  • O’qish davomida sug’urta qoplanadi.
  • Bir martalik kelish-ketish avia chiptasi beriladi.

💻 Sizdan talab qilinadigan qo’shimcha hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi (notarial tasdiqlangan va apostil qilingan holatda)
  2. Pasport nusxasi (rangli)
  3. Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma (notarial tarjima qilingan holatda)
  4. Ota-ona pasporti nusxasi va boshqalar

📣 Quyida eng ko’p beriladigan savollar va ularga to’g’ri javoblar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Savol: Hozirda bakalavr bosqichi 4-kurs talabasiman. Hali diplomim yo’q, hujjat topshirish imkonim bormi?

Javob: Ha. Siz hujjat topshirayotgan vaqtingizda universitetingizdan diplom o’rniga maxsus hujjat (Certificate of Expected Graduation) taqdim etishingiz lozim. So’ng, dasturga muvafaqqiyatli qabul qilingan taqdiringizda, 2019-yil 31-avgustgacha diplomingizni apostl qilingan nusxasini topshirishingiz mumkin

2. Savol: Hozirda Koreyada bakalavr bosqichida o’qiyman. KGSP ga hujjat topshira olamanmi?

Javob: Yo’q. Koreyada allaqachon tahsil olgan yoki tahsil olayotgan xorijlik talabalar KGSP ga qabul qilinmaydi

3. Savol: Bakalavrda o’qish davomida Koreyada 1 yil (yoki 1 semestr) exchange program bo’yicha o’qiganman. Ushbu holatda KGSP ga hujjat topshira olamanmi?

Javob: Ha. Exchange program orqali Koreya bo’lib qaytganlar KGSP ga hujjat topshirishlari mumkin.

4. Savol: Diplom (zachyotka) baholarim o’rtachasi 79 ballni tashkil etadi. Ushbu holatda ham KGSP ga hujjat topshirim mumkinmi?

Javob: Yo’q. KGSP ga hujjat topshirish uchun o’rtacha baho 80 dan kam bo’lmasligi lozim.

5. Savol: Ham Embassy track, ham University track orqali hujjat topshira olamanmi?

Javob: Yo’q. Siz faqat bitta track orqali hujjat topshirishingiz mumkin.

6. Savol: Menda faqat IELTS sertifikati bor. Embassy track orqali hujjat topshira olamanmi?

Javob: Yo’q. KGSP reglamentiga ko’ra har bir elchixona yuqorida ko’rsatilgan asosiy talablardan tashqari qo’shimcha talablarni amalga kiritishga haqli. O’zbekistonda Embassy track hujjatlari Koreya Elchixonasi qoshidagi Koreys Tili Markazi tomonidan qabul qilinib, hujjat topshirish uchun nomzodlardan TOPIK 4 darajasi ham talab qilinadi. Shundan kelib chiqib, faqat IELTS sertifikatiga ega nomzodlar faqat University track orqali hujjat topshirishlari mumkin.

Ushbu maqola KGSP-2018 g’oliblari Shaxzod Nazarov va Nargiza Xamidova tomonidan tayyorlandi. Agarda sizda dasturga ular yordamida hujjat topshirish istagi bo’lsa, quyidagi Telegram manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin:

@ShakhzodNazarov
@Nargizkiiin

KGSP dasturi sohibasi Guzarova Dilfuza bilan bo’lgan suhbatni SHU YERDA o’qing.

Eslatma: Grantlar.uz jamoasi hujjat qabul qilish boshlanishidan oldin KGSP talablari va taqdim etiladigan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot chop etadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!