×

Korea Advanced Institute of Science and Technology (KAIST): fakultetlar, oʻqish xarajatlari va stipendiyalar


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

11854 marta

CHOP ETILGAN

03.01.2019

Qisqacha:

Til: koreys, ingliz tili.

Qachon asos solingan: 1971-yilda.

Rasmiy sayt: https://www.kaist.ac.kr, http://www.kaist.edu/.

Talabalar soni: 11144.

Taʼlim olish muddati: bakalavriat: 4 yil; magistratura: 2 yil. aspirantura/doktorantura:3 yil

Kontrakt: yoʻnalishga qarab turlicha: chet ellik talabalar uchun: bakalavr 3071 dollardan; magistratura 8552- 13957 dollar (narxlar muddatga qarab oʻzgarishi mumkin).

Universitet reytingi: QS World University Rankings 2019 roʻyxatida 102-oʻrinda, World Reputation Rankings 2018 boʻyicha 71-80-oʻrin, milliy reytingda 6-oʻrinda.

Qayerda joylashgan: Koreya, Seul; Tejon.

Manzil: Daedeok Innopolis, Daejeon, South Korea.

Tarkibiy tuzilma

Koreya fan va texnologiya universiteti – Korea Advanced Institute of Science and Technology (KAIST) – Janubiy Koreyaning eng yaxshi oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlib, milliy reytingda 6-oʻrinda turadi (2018-yil 28-dekabr holatiga). QS World University Rankings 2019 roʻyxatida 102-oʻrinda, World Reputation Rankings 2018 boʻyicha 71-80-oʻrinni egallagan universitet aniq va tabiiy fanlar, texnika hamda biznes sohalari boʻyicha taʼlim berishga ixtisoslashgan. 1971 yilda Koreyaning birinchi texnika yoʻnalishidagi ilmiy tadqiqotlar universiteti sifatida asos solingan. Universitetda jami 965 ta professor oʻqituvchilar 11144 nafar talabalarga saboq beradilar. Talabalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, shuningdek, oliygoh Exchange dasturlari, tajriba almashish, stajirovka oʻtash va yozgi maktablarda ishtirok etishni yoʻlga qoʻygan: BATAFSIL.

Universitetda mavjud yo’nalishlar bilan SHU YERDA tanishing.

Stipendiya bormi?

Koreya hukumati hamda KAIST tomonidan chet ellik talabalar uchun keng doirada stipendiyalar taqdim etiladi. Oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan talabalar hech bir qiyinchiliksiz quyidagi stipendiyalarga hujjat topshirishlari va oʻqish hamda yashash harajatlarini qoplashlari mumkin:

  • Presidential Science Scholarship – Oʻqish, yashash va boshqa xarajatlar qoplanadi;
  • KAIST International Student Scholarship – Oʻqish va yashash xarajatlarini toʻliq qoplaydi.
  • National Excellence Scholarship (Natural Sciences and Engineering) – Oʻqish, yashash harajatlarini qoplaydi
  • National ScholarshipOʻqish harajatlarini 15% dan 60% gacha qoplaydi. Yashash uchun semestriga 2014 AQSH dollari ajratadi;
  • Low Income Family Scholarshipkam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun moʻljallangan, National Scholarshipda koʻrsatilgan imtiyozlar bilan taʼminlaydi;
  • Department Honors Scholarship – oʻqish pulini toʻlab beradi. Bakalavr va bitiruvchi dasturlar talabalari uchun;
  • Korean Government ScholarshipOʻqish, aviabilet, yashash hamda koreys tilini oʻrganish kurslari harajatlarini toʻliq qoplaydi. Xorijiy taʼlim Koreya Milliy instituti tomonidan tasdiqlangan barcha yoʻnalishlar uchun (Oʻzbekistonlik talabalar hujjat topshirishi mumkin).

*Toʻliq mavjud boʻlgan grantlar va stipendiyalar hamda ularga hujjat topshirish tartibi bilan BATAFSILtanishing. Koreyada mavjud barcha stipendiya dastulari bilan BU YERDA tanishing.

Qoʻshimcha xarajatlar: Turar joy, ovqatlanish, oʻquv-qurollari, sport anjomlari va boshqalar uchun harajatlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot: BU YERDA.

Qanday hujjatlar topshirish kerak?

Talabalar deyarli barcha dasturlarga ikki marta – bahor va kuzda qabul qilinadilar. Application uchun taxminan 80 000 von (80 AQSH dollari) toʻlanadi.

  1. Avvalo, sizni qiziqirgan yoʻnalish boʻyicha dasturni tanlash lozim. Dasturlar: SHU YERDA.
  2. Onlayn ariza topshirish: SHU YERDA.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Moliyaviy ahvoli haqida maʼlumot.
  3. Tavsiyanomalar. Namuna: SHU YERDA.
  4. Attestat/diplom.
  5. Baholar varagʻi (diplom ilovasi).
  6. Ingliz tili sertifikati.
  7. Qisqacha tarjimai hol (rezyume/CV).
  8. Pasport fotonusxasi.
  9. Ota-onaning pasport fotonusxalari.
  10. Erishgan yutuqlari va mukofotlari (agar mavjud boʻlsa). Hujjat namunasi: SHU YERDA.
  11. Bandlik haqida hujjat.
  12. School Profile/Credit Rating System.

*Dedlayn haqida maʼlumotlar: SHU YERDA.

Chet ellik abituriyentlar uchun qoʻshimcha talablar:

  • Oʻrta maktabni tugallagan;
  • Ota-onasi Koreya fuqarosi boʻlmasligi;
  • Koreys millatiga mansub talabgorlar Koreyadan tashqarida boshlangʻich va oʻrta taʼlim olgan boʻlishi kerak.

Hujjat topshirish jarayoni:

  • Onlayn-murojaat va hujjat topshirish;
  • Universitetga qabul uchun tanlovdan oʻtish;
  • Muvaffaqiyatli oʻtganligi haqida eʼlon;
  • Roʻyxatdan oʻtish.

*Topshiriladigan hujjatlar, muddat va imtihon qabul qiluvchi haqida maʼlumot bilan tanishish va yuklab olish: 2019-yilning bahorgi-kuzgi semestrlari bakalavr bosqichi uchun: BU YERDA; magistratura, aspirantura/doktorantura uchun: BU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!