×

Koreyada “part-time” yoki “full-time” ishlayotgan xorijliklar 1-maydan 31-maygacha ish haqidan toʻlangan soliqlarini qaytarib olishi mumkin


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1111 marta

CHOP ETILGAN

09.05.2020

Bilasizmi? Agar ishlayotgan joyingizda olayotgan maoshingizdan soliq (odatda 3,3%) toʻlayotgan boʻlsangiz, oʻtgan yili toʻlagan soliqlaringizni may oyida onlayn hujjat topshirib qaytarib olsangiz boʻladi.

Nima uchun soliqlar qaytarib beriladi?

Odatda rivojlangan davlatlarda daromad topuvchilar uchun Tax Return Policy amal qiladi. Yil davomida olgan daromadlaringizning bir qismini xarajat ham qilasiz va shu xarajatingizdan yana soliq toʻlanadi (odatda qoʻshilgan qiymat soligʻi – VAT). Soliq organlari siz qilgan daromad va xarajatlarni hisoblab, muayyan miqdorini qaytarib berishadi. Ana shu tartib Koreyada ham amal qiladi.

Kimlar qaytarib olsa boʻladi?

Quyidagilar oldingi yilda toʻlangan soliqlarning bir qismini qaytarib olsa boʻladi:

  • Koreyada daromad topib, soliq toʻlayotgan barcha ID kartaga ega boʻlgan xorijliklar.
  • Talabalar “arbayt” ishlab olayotgan daromadidan ham ish beruvchi talabaning nomidan soliq toʻlab boradi. Shuning uchun “arbayt” ishlovchi talabalar ham soliq toʻlovchi hisoblanadi va ular ham soliqlarning bir qismini qaytarib olishi mumkin.
  • E-9 viza bilan ishlovchilar ham soliqlarining bir qismini qaytarib olsa boʻladi.

Qanday qilib ariza topshirish mumkin?

MANA SHU YERDA qanday qilib onlayn tarzda ariza topshirish batafsil tushuntirilgan. Ushbu tushuntirish asosida hujjat topshirib qoʻysangiz, yil davomida qancha daromad qilganingiz va qancha soliq toʻlaganingiz, oxirgi qismida qanchasi esa qaytarib berilishi mumkinligi haqida maʼlumot chiqadi. Qaytarib beriladigan summa manfiy (minus) ishora bilan koʻrsatiladi va siz kiritgan bank hisob raqamiga iyun oyida oʻtkazib beriladi.

Soliqlarni qaytarib olish uchun rasman immigratsiya xizmati (Immigration)dan ruxsat olib ishlagan boʻlish kerakmi?

Buning immigratsiya xizmatiga aloqasi yoʻqligi uchun rasmiy ruxsatnoma bilan ishlagan boʻlishi shart emas.

Maʼlumotni Koreyada ishlab daromad olib, soliq toʻlayotgan doʻstlaringiz bilan boʻlishing.

Soliqlarni qaytarish uchun ariza topshirish muddati 1-maydan 31-mayga qadar. 

Eslatma: sayt odatda Internet Explorer brauzerida ishlaydi. Shu sababli ariza toʻldirishda Internet Explorer brauzeridan foydalaning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!