Bugungi kunda koreys tilini o’rganishga bo’lgan talab tobora ortib borayotganligi ayni haqiqat. Kundalik hayotimizda Koreyada o’qish yoki ishlash istagi bor insonlarni tez-tez uchratishimiz, til markazlarida koreys tilini o’rganuvchi o’quvchilarning soni ham sezilarli darajada yuqori ekanligini payqash qiyin emas. Koreyada o’qiyotgan do’stlari yoki tanishlariga havas qilayotgan yoki qat’iy maqsadlarni rejalashtirgan bunday yoshlar fikrida faqatgina bir narsa: “Qanday qilib koreys tilini qisqa muddatda o’rganish, TOPIK dan yuqori natijani qo’lga kiritish va tezdagina Koreyaga borish” istagigina aylanadi.
Xuddi shunday yoshlar orasida bugun O’zbekiston yoshlariga koreys tilini ilk bor o’zbek tilida to’liq va tizimli video darslar orqali bepul o’rgatib kelayotgan “Seoul Team” jamoasi a’zolari ham bo’lgan.
Bugun bu jamoa a’zolari koreys tilini o’rganish va yuqori TOPIK natijasini (TOPIK 5 daraja) qo’lga kiritgan holda Janubiy Koreyaning nufuzli oliygohlarida magistratura bosqichida ta’lim olmoqda. Jamoa a’zolari:
- Ergasheva Navruza
- Yunusova Nilufar
- Xadjimatov Sardordan
- hamda Farg’ona shahridan yordam berayotgan KIUF universiteti xodimlari Abdullayev Javlon va Sadriddinova Azizadan iborat.
Qisqagina vaqtlar avval bizda ham ko’pchilik singari koreys tilini o’rganishni alifbodan boshlagan paytlar “Bu tilni o’rganishga kamida 2 yil ketadiyov, shunda ham testdan qanday natija olar ekanmiz?” degan fikrlar bo’lgan albatta.
Lekin jamoa a’zolari ushbu mashaqqatli masalani 1 yilda hal qilish imkonini topishdi! Har kunlik qat’iy belgilangan vazifalarni bajarish, so’z yodlash, test ishlash kabi davomiy jarayonlar 1 yilda o’z natijasini ko’rsatdi. Bunga asosiy sabablardan biri Seoul Team a’zolarining ingliz tilini bilishi va koreys tili grammatikasi juda ham tushunarli tarzda tushuntirib berilgan ingliz tilidagi darsliklar, kitoblarni mustaqil o’qiy olganligi hamdir. Biroq hozirgi til o’rganuvchilarning hammasida ham bunday imkoniyatning mavjud emasligi, o’zbek tilidagi koreys qo’llanmalarning yetishmasligi (deyarli yo’q desa ham bo’ladi) natijasida til o’rganish faqatgina til markazlaridagi o’qituvchilar orqaligina imkoni bor narsaga aylangan. Mustaqil holda koreys tilini o’rganish esa ko’pchilik ta’biri bilan aytganda “ertak” halos.
Biz bugun jamoamiz bilan manashu fikrlarni noto’g’ri ekanligini isbotlash va har kim ham individual tarzda koreys tilini o’rgana olishini ko’rsatib berish, koreys tili bo’yicha sifatli darslarni tashkil etish orqali O’zbekistonlik o’quvchilarning barchasiga til o’rganishlariga ko’maklashish maqsadida koreys tili video darslar tizimini ishlab chiqdik.
Endi siz Seoul Team bilan koreys tilini
- Bepul va individual
- Tez
- Oson
- Uyda o’tirgan holda
- Interaktiv
- Koreyalik yoshlar bilan onlayn debatlar o’tkazish
orqali o’rganish imkoniyatiga egasiz. Biz sizga koreys tilini mustaqil o’rgana olishingizga yordam beramiz! Eng muhimi harakatdan to’xtab qolmaslik. Bugun biz qilgan ishni ertaga siz ham qila olishingizga ishonamiz!
Murojaat uchun: