×

Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun tiflosharhlovchilik boʻyicha oʻqish dasturiga grant eʼlon qilindi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1467 marta

CHOP ETILGAN

29.01.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Tiflosharhlovchi mutaxassisligi boʻyicha tahsil olish uchun toʻliq grant ajratiluchi oʻquv dasturini eʼlon qildi.

Tiflosharhlash – bu koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun ovozli tasvirlashni anglatadi.

Ushbu oʻquv dasturi imkoniyati cheklangan insonlar huquqlarini himoya qilish va ularni reabilitatsiya qilish bo‘yicha Rossiyaning yetakchi muassasasi “Reakomp” Instituti hamkorligida ikkinchi yil tashkil etilmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari ikki bosqichda oʻtkazilib, ular onlayn-kurs hamda Moskvadagi “Reakomp” Institutida kunduzgi ta’limdan iborat bo‘ladi. Oʻquv dasturi jami boʻlib 1 oy davom etadi.

Grant imkoniyatlari

  • Dasturda oʻqish bepul.
  • Rossiyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
  • Oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi.
  • Dastur bitiruvchilari O‘zbekistondagi teatrlarda ish bilan ta’minlanadilar.

Talablar

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Dasturga faqat koʻzi ojiz yoki zaif koʻruvchilar ariza bera oladi.
  • Nomzodlar rus tilini yetarli darajada bilishi kerak.
  • Kamida oʻrta-maxsus taʼlimni (kollej yoki litseyni) tamomlagan boʻlishi kerak.

Qabul jarayoni

Dastur uchun arizalar 2022-yil 25-fevralgacha qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar koʻrsatilgan sanagacha tiflo@acdf.uz elektron pochta manziliga yuborilishi yoki qogʻoz shaklda jamgʻarmaga yetkazilishi kerak (Manzil: Toshkent sh., Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘ch., 1-uy).

Topshirishili kerak boʻlgan hujjatlar:

  • passport nusxasi
  • motivatsiya xati
  • avtobiografiya
  • rezyume
  • oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat nusxasini

Hujjatlar oʻzbek yoki rus tilida boʻlishi kerak.

Savollar va qoʻshimcha maʼlumot uchun quyidagi raqam orqali jamgʻarmaga murojaat qilishingiz mumkin: +998 78 207 40 10

O’quv dasturi haqida video bilan BU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!