×

KSPS: Koreyashunoslik boʻyicha loyihalar uchun 2022-yilgi grantlar eʼlon qilindi; grantning umumiy jamgʻarmasi 7 million dollar atrofida!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1752 marta

CHOP ETILGAN

18.02.2022

Janubiy Koreyaning Koreyashunoslikni targʻib qilish xizmati (KSPS) Global Korea Studies Program dasturi doirasida akademik va taʼlim muassasalari, shuningdek, tadqiqot markazlari, taʼlim dasturlari, tadqiqotchilar jamoalari va individual shaxslarga moʻljallangan grant dasturlarini eʼlon qildi.

Grant dasturlari turiga qarab, akadmik yoki taʼlim muassasalari, taʼlim markazlari, tadqiqochilar jamoasi yoki individual shaxslar oʻz loyihalarini moliyalashtirish uchun ushbu dasturga ariza berishi mumkin. Loyihalar va talab qiliinadigan hujjatlar ingliz yoki koreys tilida taqdim etilishi kerak.

Hozirga qadar Oʻzbekistondan boʻlgan arizachilarning bir qancha loyihalar ham mazkur xizmat tomonidan moliyalashtirilgan.

2022-yilda quyidagi dasturlar boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun arizalar qabul qilinadi:

1. Seed Program for Korean Studies (Koreyashunoslik boʻyicha bazaviy dastur):

– Maqsadi: Koreyadan boshqa davlatlarda joylashgan hamda koreyashunoslik boʻyicha loyihalar uchun yetarli infratuzilmaga ega boʻlmagan universitetlardagi dasturlarni moliyalashtirish.
– Ajratilgan umumiy mablagʻ: 2 milliard 437 million von (taxminan 2 millioin 34 ming AQSH dollari).
– Moliyalashtirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar soni: 13 ta.
– Loyihalarni moliyalashtirish davomiyligi: 3 yil (Beginning Track) yoki 5 yil.
– Kimlardan ariza topshirish kutiladi: Universitetda fakultet aʼzolari va tadqiqotchilardan iborat loyiha jamoasi.
– Ariza berish muddati: 2022-yil 2-10-mart.
– Maʼlumot uchun masʼul shaxs: Yeawon KIM; tel: +82-31-730-8243; email: global@aks.ac.kr.

2. Core University program for Korean Studies (Koreyashunoslik boʻyicha asosiy universitet dasturi):

– Maqsadi: (a) Dunyo boʻylab koreyashunoslik taʼlimi va tadqiqotlari boʻyicha yuqori salohiyatga ega boʻlgan universitetlarni tanlash hamda ularni uzoq muddatli moliyalashtirish orqali koreyashunoslik boʻyicha hududiy xabga aylantirish; (b) Xorijdagi koreyashunoslik taʼlimi mavjud asosiy universitetlarniqoʻllab-quvvatlash orqali Koreyaning milliy brendini yaxshilash.
– Ajratilgan umumiy mablagʻ: 3 milliard 424 million von (taxminan 2 millioin 860 ming AQSH dollari).
– Moliyalashtirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar soni: 6 ta.
– Loyihalarni moliyalashtirish davomiyligi: 5 yil.
– Kimlardan ariza topshirish kutiladi: Koreyadan boshqa davlatdagi koreyashunoslik boʻyicha xab universitetlar.
– Ariza berish muddati: 2022-yil 2-10-mart.
– Maʼlumot uchun masʼul shaxs: Soomin Kwak; tel: +82-31-730-8244; email: global@aks.ac.kr.

3. Academic Translation of Korean Texts (Koreyscha matnlarning akademik tarjimasi):

– Maqsadi: Akademik ahamiyatga ega pre-modern koreys klassikasi, shuningdek, zamonaviy va hozirgi davrdagi Koreya matnlari (manbalari)ni ingliz tiliga tarjima qilish orqali koreyashunoslikning dunyo boʻylab yoyilishiga hissa qoʻshish.
– Ajratilgan umumiy mablagʻ: 384 million von (taxminan 320 ming AQSH dollari).
– Moliyalashtirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar soni: 4 ta.
– Loyihalarni moliyalashtirish davomiyligi: 3 yil.
– Kimlardan ariza topshirish kutiladi: (a) xorijiy yoki mahalliy tadqiqotchilar jamoasi; (b) mahalliy universitet bilan affillangan tadqiqot muassasasi; (c) individual shaxslar.
– Ariza berish muddati: 2022-yil 2-9-iyun.
– Maʼlumot uchun masʼul shaxs: Yeawon KIM; tel: +82-31-730-8243; email: global@aks.ac.kr.

4. Laboratory Program for Korean Studies (Koreyashunoslik boʻyicha laboratoriya dasturi):

– Maqsadi: Koreyalik va xorijlik olimlar tomonidan olib boriladigan sohalararo hamkorlikdagi tadqiqotlarni moliyalashtirish orqali kuchli xalqaro raqobabardoshlikka ega koreyashunoslikka oid tadqiqot natijalarini yaratish.
– Ajratilgan umumiy mablagʻ: 2 milliard 699 million von (taxminan 2 million 252 ming AQSH dollari).
– Moliyalashtirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar soni: 5 ta.
– Loyihalarni moliyalashtirish davomiyligi: 1 yil.
– Kimlardan ariza topshirish kutiladi: 3 yoki undan ortiq kishidan iborat boʻlgan hamkorlikdagi tadqiqotchilar jamoasi.
– Ariza berish muddati: 2022-yil 2-9-iyun.
– Maʼlumot uchun masʼul shaxs: Soomin Kwak; tel: +82-31-730-8244; email: global@aks.ac.kr.

5. Strategic Research Institute Program for Korean Studies (Koreyashunoslik boʻyicha strategik tadqiqot muassasasi dasturi):

– Maqsadi: Xorijdagikoreyashunoslik boʻyicha tadqiqot markazlari va muassasalarini  uzoq muddat davomida qoʻllab-quvvatlash.
– Ajratilgan umumiy mablagʻ: 500 million von (taxminan 417 ming AQSH dollari).
– Moliyalashtirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar soni: 2 ta.
– Loyihalarni moliyalashtirish davomiyligi: 10 yil.
– Kimlardan ariza topshirish kutiladi: Laboratoriya yoki asosiy universitet dasturini amalga oshirganlik tajribasiga ega koreyashunoslik boʻyicha tadqiqot muassasasi/markazi.
– Ariza berish muddati: 2022-yil 2-9-iyun.
– Maʼlumot uchun masʼul shaxs: Woojun SHIN; tel: +82-31-730-8244; email: global@aks.ac.kr.

Loyihalarni moliyalashtirish uchun arizalar KSPS Loyihalarni boshqarish tizimida onlayn tarzda topshiriladi.

Har bir dastur yuzasidan batafsil maʼlumot, talablar, ariza topshirish jarayoni, kerakli hujjatlar va boshqa axborotlarni olish uchun BU YERDAN dastur boʻyicha qoʻllanmani yuklab oling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!