×

Latviyadagi ISMA universitetining Fargʻona shahridagi filiali 2020-2021 oʻquv yili uchun qabul jarayoni boshlanganini eʼlon qiladi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

13850 marta

CHOP ETILGAN

26.05.2020

1994-yildan buyon Latviyada faoliyat yuritayotgan Yevropa oliy taʼlim muassasasi ISMA – Latviyaning axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018-yil, 26-sentabrdagi PQ-3952 sonli Qarori asosida 2018-yilning sentabrida Fargʻona shahrida oʻz Filialini ochdi.

ISMA universitetining strategik hamkorlari qatoriga BMDA (Baltic Management Development Association) – 24 mamlakatning, shu jumladan, Avstriya, Belgiya, Daniya, Buyuk Britaniya va AQSH kabi davlatlarning oliy taʼlim muassasalari va biznes sohasidagi mutaxassislarini oʻz ichiga olgan assotsiatsiyasi; CEEMAN (The International Assosiation for Management Development in Dynamic Societies) – Yevropa va Osiyoning 220 davlati vakillaridan iborat assotsiatsiya; LVRA (Latviyaning mehmonxona va restoranlar assotsiatsiyasi); LDDK (Latviyaning ish beruvchilar konfederatsiyasi) kabilar kiradi.

ISMA Fargʻona Filiali Latviyaning Oliy taʼlim kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan akkreditatsiyalangan.

Filialda axborot texnologiyalari, turizm, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlanadi.

ISMA Fargʻona Filiali bitiruvchilari nafaqat Oʻzbekistonda balki, Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlarda faoliyat yuritish huquqini beruvchi diplomga ega boʻladilar.

Filial 2020-2021-oʻquv yili uchun qabul jarayoni boshlanganini eʼlon qiladi. Hujjatlar topshirish jarayoni onlayn rejimda amalga oshirilmoqda. Toʻliq maʼlumot quyidagi havolada: https://www.isma.lv/ru/

ISMA Fargʻona Filialiga oʻqishga kirgan talabalar quyidagi premium kurslarda bepul oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar: WORD 2019 + xalqaro sertifikat; Powerpoint 2019 + xalqaro sertifikat; ingliz tilining boshlangʻich kursi + xalqaro sertifikat.

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun 10 ta grant joylari ajratilgan.

Hujjatlarni taqdim etish tartibi:

  1. Onlayn anketa toʻldirish (anketani SHU YERDA toʻldiring).
  2. Talab etiladigan hujjatlarni elektron formatda jamlangan holda (PDF, JPG, PNG) info-uz@isma.lv elektron manziliga yuborish.

Bakalavriatura va magistratura bosqichlari uchun elektron formatda topshiriladigan hujjatlar:

  • Shaxodatnoma/diplom (asl tilida) va notarial tasdiqlangan ingliz tiliga tarjimasi
  • Ingliz tili bilim darajasini aniqlovchi test natijasi TOEFL (70)/ IELTS (5.5)
  • Pasport

Universitetga qabul qilish uchun kirish imtihonlari oʻtkazilmaydi. Yevropa tizimi abituriyentning maktab, litsey, kollej yoki bakalavriatdagi oʻzlashtirish ko’rsatkichi va oʻrtacha ballari asosida kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinishiga imkon beradi.

COVID-19 pandemiyasi sababli ingliz tili bilim darajasini aniqlovchi sertifikatga ega boʻla olmagan abituriyentlar elektron manzillariga onlayn test oʻtish uchun havola yuboriladi. Mazkur abituriyentlar kuzgi semestr yakuniga qadar TOEFL/ IELTS sertifikatini taqdim etish sharti bilan oʻqishga qabul qilinadilar.

Hujjatlar topshirish muddati: 2020-yil 15-avgustgacha.

Murojaat uchun telefonlar:

+998 93 976 29 91
+998 98 576 77 67
+998 90 976 12 22

ISMA Fargʻona filialining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Telegram: https://t.me/ismaeu
Facebook: https://www.facebook.com/ismaeuuz
Instagram: https://www.instagram.com/ismauz/

Universitet hayotiga oid ayrim suratlar bilan quyida tanishishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!