×

LAW LEADERS 2019: Respublika yoshlar konferensiyasida ishtirok eting!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2603 marta

CHOP ETILGAN

30.04.2019

Qayerda: O`zbekiston, Toshkent shahri, Toshkent davlat Yuridik universtiteti binosi

Kim uchun: 18 yoshdan oshgan va 30 yoshga to`lmagan yoshlar uchun

Ariza topshirish muddati: 2019-yilning 10-mayigacha

Asosiy ma’lumot: O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Toshkent davlat Yuridik universtiteti hamkorlikda barcha faol yoshlarni  LAW LEADERS 2019 Respublika yoshlar konferensiyasiga taklif qiladi. Konferensiya ishtirokchilari Faol Investitsiyalar va Ijtimoiy rivojlansh yilida olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirishda o`z loyihalarini amalga tatbiq qilish imkoniga ega bo`ladilar.

Konferensiyaga jalb etiladigan ishtirokchilar soni nechta?

Konferensiya ishtirokchilarining umumiy soni 200 kishi tanlab olinadi.

  • investitsiya yo`nalishiga 100 kishi;
  • ijtimoiy yo`nalishga 100 kishi.

Ishtirokchilarga qo`yilgan talablar:

  • konferensiya o`tkaziladigan kunda (yani 25-may kuni) 18 yoshga to`lgan yoki 30 yoshdan oshmagan bo`lishi;
  • 25-may sanasida konferensiya o`tkaziladigan binoda bo`lishi;
  • huquq va o`z yo`nalishi bo`yicha bo`lgan qiziqishi;
  • ishtirokchilar ro`yxati e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoq orqali shakllantirilgan guruhda loyihani amalga oshirilishida faol qatnashishi;
  • konferensiyaga qadar tayyorlangan loyihani taqdim etishi lozim.

Qanday qilib Law Leaders – 2019 Respublika yoshlar konferensiyasi ishtirokchisiga aylanish mumkin?

  • online arizani to`ldirish (texnik nosozliklar nosozliklar vaqtida konferensiya tashkilotchilari bilan bog`lanib bo`lsa ham ro`yxatda o`tish shart);
  • 10-14 may oralig`idi elektron pochta manziliga kelgan shartlarni tasdiqlash;
  • Telegram ijtimoiy mesenjer tarmog`i «Law Leaders – 2019» guruhiga qo`shilish.

Ishtirokchilar qanday imkoniyatga ega bo`ladilar:

  • konferensiyada ishtirok etish;
  • Law Leaders – 2019 Respublika Yoshlar konferensiyasi tomonidan beriladigan sertifikat;
  • ishtirokchilar uchun tashkil etiladigan «Wise» intelektual o`yini;
  • Coffee Break va Tushlik (faqat talabgor ishtirokchilar uchun) bilan ta’minlanadi.

 Ishtirokchiga aylangan nomzodlar konferensiyagacha nima qilishlari lozim?

Koordinatorlar tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy tarmoq guruhlarida ishtirokchilar konferensiyada taqdim etiladigan loyihani mukammal ravishda tayyorlashlari lozim.

Roʻyxatdan oʻtish/Регистрация: https://forms.gle/AL6wDPaYPykxE6dS9

Qo’shimcha ma’lumot uchun/Подробная информация:
@SanjarAli (Telegram) / +99890 963 99 93

Ijtimoiy tarmoqlarda:

https://t.me/LAWLEADERS

https://www.facebook.com/Law-Leaders-2019

https://www.instagram.com/lawleaders_2019/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!