×

Toshkent shahar hokimligi Parijdagi Le Cordon Blue pazandachilik maktabida oʻqish uchun toʻliq grantlar taklif etmoqda!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

3133 marta

CHOP ETILGAN

20.01.2022

Toshkent shahar hokimligi iqtidorli yosh mutaxassislarni tanlash va ularni xalqaro tan olingan Le Cordon Bleu (Parij, Fransiya) pazandachilik maktabida oʻqitishni moliyalashtirish uchun tanlov e’lon qildi.

Ingliz yoki fransuz tilini bilgan saralangan yosh mutaxassislar jahon standartlari darajasidagi pazandachilik hamda restoran va mehmonxona boshqaruvi ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

Le Cordon Bleu fransuz maktabi dunyodagi eng yaxshi maktablar qatoridan joy olgan. Unda o‘zbek mutaxassislarining tayyorlanishi nafaqat Toshkentda, balki butun O‘zbekistonda mehmond’ostlik sohasiga ulkan ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Grant tarkibi:

Grant oluvchilarning quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:

  • Ta’lim dasturi to’lovlari.
  • Xalqaro aviaparvoz chiptalari.
  • O‘qish davrida turar joy va ovqatlanish xarajatlari.

Ushbu dasturiga jami 56 nafar nomzod qabul qilinadi va barchasiga yuqorida tasvirlangan toʻliq grant ajratiladi.

Yoʻnalishlar

Le Cordon Bleu maktabi quyidagi taʼlim dasturlarini taklif etadi:

  • Pazandachilik sanʼati: oshxona (6 oy)
  • Pazandachilik sanʼati: shirinliklar va pishiriqlar (6 oy)
  • Pazandachilik sanʼati: non mahsulotlari (3 oy)
  • Magistratura MBA Mehmondo’stlik sohasi menejmenti yo’nalishida (1 yil, Paris-Dauphine universiteti bilan birgalikda)

Talablar

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzodlarning yoshi 20 yoshdan kattai va 40 yoshdan oshmasligi kerak, 35 yoshgacha boʻlganlar ustunlikka ega boʻladi.
  • Oliy ma’lumotli nomzodlar tajribaga ega boʻlishi maqsadga muvofiq, ammo majburiy emas. Oʻrta ma’lumotli nomzodlar ta’lim olishi koʻzda tutilayotgan dasturi yoʻnalishida mehnat tajribasi kamida 3 yil boʻlishi kerak.
  • Magistraturaga hujjat topshirayotgan nomzodlar istalgan yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. 3-9 oylik dasturlarga hujjat topshirayotgan nomzodlar toʻliq oʻrta ma’lumotga ega boʻlishlari kifoya qiladi (ammo oliy ma’lumotga ega nomzodlar ustunlikka ega boʻladilar).
  • Tilni bilish: ingliz tilini (minimal IELTS 5,5 darajasida) yoki fransuz (B2 darajasida) bilish kerak. Rasmiy til sertifikati talab etilmaydi.
  • Fuqarolik va yashash joyi: nomzodlar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi hamda ariza topshirish vaqtida Toshkent shahrida yashashi va ishlashi kerak. Toshkentda vaqtincha yoki doimiy roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi shart emas.

Arizalar qabuli

Dasturga arizalar 2022-yil 31-yanvar, soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Oʻqish istagida boʻlgan nomzodar maxsus soʻrovnomani toʻldirib, hokimiyat.grant@gmail.com elektron pochtasi yoki telegram orqali @Hokimiyat_grant_bot botiga yuborishi kerak. Soʻrovnomani USHBU SAHIFADAN yuklab olishingiz mumkin (“Soʻrovnomani yuklab olish” tugmaini bosing).

Dastur haqidagi BU YERDAN batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 97 120 25 52

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!