×

Leader’s Camp: Go’zal Surxondaryo tabiatining go’shasida 7 kunlik bepul oromgoh


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4690 marta

CHOP ETILGAN

16.08.2018

Qayerda: O’zbekiston, Surxondaryo

Kim uchun: 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha uchun

Ariza topshirish muhlati: 2018-yilning 20-avgustigacha

Umumiy ma’lumot: Ingliz tili o’qituvchilarining Asotsiyatsiyasi  va O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan Leader’s Camp interfaol oromgohi uchun arizlar qabul qilinmoqda. Ushbu oromgoh faol yoshlarga yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, yangi insonlar bilan tanishish, muvaffaqiyatli tadbirkorlar va davlat arboblari bilan muloqot olib borish imkoniyatlarini taqdim qilish maqsadida tashkillashtirilgan. Oromgoh 2018-yilning 27-avgustidan 3-sentabrigacha davom etadi. Tadbir Surxondaryoda joylashgan «Amudaryo» oromgohida bo’lib o’tadi.

Ushbu dasturda qatnashish uchun 120 kishi saralab olinadi.

Iqtisodiy ta’minot: Ushbu oromgoh tadbirida ishtirok etish butunlay bepul. Shuningdek, ishtirokchilar bepul turar joy hamda oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Biroq ishtirokchilar oromgohga borish xarajatlarini o’zlari qoplashi kerak.

Nomzodga qo’yilgan talablar: Leader’s Camp’da 15 yoshdan 30 yoshgcha bo’lgan, istalgan sohada faoliyat yuritayotgan yoki tahsil olayotgan yoshlar ariza topshirishi mumkin.

Ariza topshirish jarayoni: Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirish muhlati tugagach, ishtirokchilar saralab olinadi. Saralab olingan nomzodlarga email yoki telefon orqali xabar qilinadi. Dasturga arizani SHU YERDA topshiring.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +998935959428.

«Amudaryo» oromgohi suratlari:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!