×

Loyihangizni amalga oshirish uchun American Center Tashkentdan 8000 AQSH dollarigacha grant yutib oling!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

1181 marta

CHOP ETILGAN

12.06.2020

Toshkent shahridagi American Center Tashkent jismoniy shaxslarga oʻzlarining jamiyatdagi ijobiy oʻzgarishlarga xizmat qiluvchi onlayn loyihasini amalga oshirishlari uchun 1000 AQSH dollaridan 8000 AQSH dollarigacha miqdorga grant ajratishini eʼlon qildi.

Grant quyidagi sohalar boʻyicha loyihalarga ajratiladi:

  • English classes for journalists
  • Media literacy course
  • Digital story-telling classes
  • Women discussion club
  • Debate club
  • TOEFL test preparation

Agar yuqorida sanalgan sohalardan biri boʻyicha loyihangiz boʻlsa, mazkur grant dasturiga ariza topshirishingiz va grantni qoʻlga kiritishingiz mumkin.

Ariza qanday topshiriladi?
Mazkur grant dasturiga ariza topshirish uchun 2020-yilning 29-iyunigacha toʻldirilgan grant ariza shakli va oʻzingizga tegishli CV ni tashkentact@gmail.com elektron pochtasiga yuborishingiz kerak.

Muhim: Grant ariza shaklini olish uchun BU YERGA kirib, elektron pochta manzilingizni yozib, topshiring (email yozilgach, “Submit” tugmasini bosish orqali topshiriladi). Soʻng taqdim etgan elektron pochtangizga grant ariza shakli yuboriladi. Shu ariza shaklini toʻldirib, CV bilan birga joriy yilning 29-iyunigacha tashkentact@gmail.com emailiga yuborishingiz kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!