×

Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamgʻarmasi: Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun tanlov; gʻolibning kontrakti toʻlab beriladi!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

3604 marta

CHOP ETILGAN

23.07.2019

Qayerda? O‘zbekiston Respublikasi

Kim uchun? Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yil 25-avgustgacha

Asosiy ma’lumot: Ikkinchi yil O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish Jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy O‘quv Yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturini amalga oshirmoqda. Dastur tanlov asosida o‘tkaziladi, undan so‘ng tanlov g‘oliblari o‘zlarining tanlangan Oliy O‘quv Yurtlarida o‘qish uchun grant sohibi bo‘ladilar.

Joriy yilda o‘zgarishlar amalga kiritildi. Bunga binoan, hozirgi dasturda talabalar O‘zbekiston Madaniyat Vazirligiga bo‘ysinuvchi ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritilmagan universitetlardan ham bu dasturda ishtirok etish uchun ariza berishlari mumkin.

Shuningdek, talabalar bakalavriyat, hamda magistraturada ta’lim olish uchun grant olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldilar. Dasturning shartlariga muvofiq, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar ishtirok etishlari mumkin:

  • Madaniyat va san’at sohasida menejment
  • Qayta tiklash va saqlash
  • Arxitektura
  • Madaniy sayyohlik
  • Grafik dizayni
  • Tasviriy san’at
  • Muzeyshunoslik

Grantning manfaatli jihatlari

G‘oliblar bilan shartnoma tuzish: tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Stipendiyalarini to‘lash: 2019 yil sentyabr oyi oxirigacha. Grant summasi qabul qiluvchi Universitetning hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Grant dasturining g‘oliblari, yillik shartnomada belgilangan to‘lov miqdori bo‘yicha 2019-2020 o‘quv yili uchun to‘lanadi. 2019-yil sentyabr oyining oxirigacha bu to‘lov amalga oshiriladi.

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi hujjatlarni topshirish davrida O‘zbekiston Universitetining talabasi bo‘lishi kerak.
  • Birinchi kurs bakalavriyat talabalari tanlovda qatnasha olmaydi.
  • Talabalar bir vaqtning o‘zida bir nechta grant dasturlarida g‘olib bo‘la olmaydi.
  • Dasturning ma’muriyati, agar nomzod ko‘rsatilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumot mavjud bo‘lsa, tanlovning istalgan bosqichida shartnomani bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
  • Universitenida bir yil o‘qishi uchin to‘lanadigan grant dasturining g‘oliblari dasturda takroran ishtirok eta olmaydi.
  • Grant yutib olgan shaxslar tegishli darajani (bakalavr / magistr) qo‘lga kiritganidan so‘ng uch oy davomida Fond stipendial(stipendiyaga oid) komissiyaning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nazorati ostida madaniyat va san’at muassasalarining ustuvor yo‘nalishlarida ishlaydi. Ish staji: kamida bir yil.
  • Grant dasturining g‘oliblari o‘z bilimlarini va qobiliyatlarini boshqalarga o‘rgata oladigan, yangi g‘oyalar yaratadigan, ularni amalga oshirish va ish natijalari uchun shaxsiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan ijodkor insonlar, shuningdek, hamfikr bo‘lgan odamlar guruhini to‘pla oladigan va umumiy maqsadga erishishga unday oladigan shaxslar bo‘lishlari kerak.

Hujjat topshirish jarayoni

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • Birinchi bosqichda talabalar grant dasturiga saralashda ishtirok etish uchun 2019-yil 25-avgustgacha murojaat qilishlari kerak. Buni elektron manzil orqali amalga oshirish mumkin. Tegishli hujjatlarni to‘ldirish va taqdim etishning barcha bandlari albatta bajarilishlari shart.
  • Birinchi bosqichdan o‘tgan nomzodlar tanlovning ikkinchi bosqichida 2019-yil 30-avgustda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi binosida bo‘lib o‘tadigan yuzma yuz suhbatiga taklif qilinadi.

Jarayon ketma-ketligi quyidagicha:

  1. Arizalarni qabul qilish: 2019-yil 25-avgustgacha.
  2. Sirtqi bosqichning talabnomalarini tekshirish: 2019-yil 27-avgustgacha
  3. Sirtqi bosqichning natijalarni e’lon qilish: 2019-yil 28-avgust.
  4. Yuzma yuz suxbatidan iborat bo‘lgan bosqich: 2019-yil 30-avgust
  5. Tanlovning yakuniy natijalarini belgilash 2019-yilning 2-3-sentyabr kunlari
  6. Tanlov g‘oliblarni e’lon qilish: 2019-yil 4-sentyabr.

Nomzodni saralash mezonlari:

  • ilmiy faoliyat;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari;
  • umumiy ta’lim;
  • analitik ko‘nikmalar;
  • tashkiliy ko‘nikmalar;
  • rivojlanish maqsadi;
  • ijtimoiy faoliyat;
  • tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari va uning mamlakatda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishdagi o‘rnini anglashi.

Murojaat uchun: Sobirov Azamat

Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamgʻarmasi

Telefon va telegram: 97 706 60 37; 71 207 40 10

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!