×

Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qildi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

3956 marta

CHOP ETILGAN

26.12.2018

Qayerda: Toshkent, O’zbekiston

Kim uchun: Toshkent shahrida joylashgan OTMlarda tahsil olayotgan bakalavrning 3-4-kursi yoki magistraturaning 2-kursi talabalari uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yilning 1-fevralidan 15-fevraligacha

Toshkent shahrida joylashgan Oliy oʻquv yurtlari bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriaturaning kunduzgi boʻlimi oxirgi ikki kursida hamda magistraturaning 2-kursida taʼlim olayotgan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiya tanlovi e’lon qilindi.

2018/2019-oʻquv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1-fevraldan boshlab tayinlanadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati – 2019 yil 1-15-fevral, koʻrib chiqish va tanlov muddati – 16 fevral -1 mart.

Markaziy bank stipendiyasi har yili, bir oʻquv yili uchun, sentabr oyidan boshlab, belgilanadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati – 2-15-sentabr, koʻrib chiqish va tanlov muddati – 16-sentabr – 1-oktabr.

Markaziy bank stipendiyasi respublika hududida oʻrnatilgan eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Markaziy bank stipendiyasini tayinlash uchun qoʻyidagi mezonlar belgilanadi:

  • oʻquv jarayonida (soʻnggi semestr natijalariga koʻra) yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlishi;
  • davlat tili, rus tili va bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi (IELTS/TOEFL sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar ingliz tili test sinovidan ozod etiladi);
  • iqtisodiyot va axborot texnologiyalari boʻyicha xalqaro yoki respublika olimpiadasi gʻolibi yoki sovrindoriga ustuvorlik beriladi.

Markaziy bank stipendiyasiga talabgorlar Markaziy bankning info@cbu.uz elektron manziliga elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

  • nomzodning reyting (sinov) daftarchasi nusxasi;
  • Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun oʻrnatilgan tartibda fanlarni oʻzlashtirish bali toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
  • dekanat yoki kafedraning tavsiyanomasi;
  • nomzodning chet tilini oʻzlashtirganligini tasdiqlovchi hujjatlar, ilmiy ishlanmalari, ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan maʼruza tezislari va chop etilgan maqolalari (agar mavjud boʻlsa).

Zarur hollarda hujjatlarning asl nusxalari talab etiladi.

Stipendiatlar oʻz hoxishiga koʻra oliy oʻquv yurtlarini bitirganlaridan soʻng bank tizimiga ishga joylashtiriladi.

Stipendiatlar bakalavriaturani tugatganidan soʻng, Markaziy bankka ishga kirgan taqdirda, tegishli xalqaro moliya institutlariga tajriba almashish va mutaxassislik boʻyicha magistratura yoki PhD yoʻnalish boʻyicha oʻqish uchun xorijga umumiy tanlov asosida yuborilishi mumkin.

Bogʻlanish uchun telefon raqamlari: +99871 212-60-64, +99871 212-60-44.

Manba

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!