×

Markaziy Osiyoda birinchi bor – Toshkentdagi Turin politexnika universitetining 2-kursiga hech qanday imtihonlarsiz qabul qilinish imkoniyati paydo boʻldi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

5948 marta

CHOP ETILGAN

30.05.2019

Toshkentda joylashgan Italiya universiteti – Turin politexnika universiteti GRBS® xalqaro taʼlim muassasasi bilan birgalikda Turin polixtenika universitetiga kirishni xohlovchi abituriyentlar uchun hech qanday imtihonlarsiz toʻgʻridan toʻgʻri 2-kursga qabul qilinish imkoniyatini taqdim etmoqda. Eslatib oʻtamiz, Turin politexnika universiteti texnika oliygohlari orasida dunyoda 33-oʻrinni egallaydi (“QS World University” reytinggiga koʻra).

2019-yilning 22-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va O’zbekistondagi Britaniyaning NCC Education xalqaro tashkiloti filiali bo’lgan GRBS® litsenziyalangan ta’lim muassasasi o’rtasida strategik hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolandi. Unda universitetning rektori, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rinbosari – Kongratbay Sharipov va GRBS® asoschisi, shuningdek, O’zbekistondagi Buyuk Britaniyaning NCC Education xalqaro taʼlim muassasining Oʻzbekistondagi filiali rahbari – Bahram Gurbanov ishtirok etishdi.

Universitet rektori Kongratbay Sharipov va GRBS® rahbari Bahram Gurbanov

 

Bitimga koʻra, bundan buyon Toshkentdagi NCC Education kampusi – GRBS® xalqaro taʼlim tashkilotida “International Foundation Diploma for Higher Education Studies” 1 yillik dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan O’zbekiston fuqarolari va xalqaro talabalar Toshkentdagi Turin politexnika universitetining 2-kurs bakalavriatiga imtihonlarsiz, toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilinadigan boʻldi.

Strategik hamkorlik bitimi

 

NCC Education – Buyuk Britaniyadagi mukofotlash bo’yicha tashkilotdir (UK Awarding Body) va Britaniya ta’limning xalqaro ta’minlovchisi.

NCC Education 1966-yilda tashkil topilib, Britaniyaning davlat idoralari tomonidan boshqariladi va dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida akkreditatsiya qilingan tashkilotlar tarmog’i orqali ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi.

“International Foundation Diploma for Higher Education Studies” 1 yillik dasturiga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin: https://grbs.uz/

Qo’shimcha ma’lumot uchun quyida keltirilgan kontaktlarga murojaat qiling:

Manzil: Toshkent, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko’chasi, 21

O’zbekiston fuqarolari uchun:
Tel: +998 78 129 19 19
Email: info.tashkent@grbs.com

Xorijiy fuqarolar uchun:
Tel: +998 90 188 56 86
Email: ifd@grbs.com

📱 Instagram
📱 Facebook
📱 Telegram

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!