×

Me’mor//2021 II-meʼmorchilik koʻrik-tanlovi: mukofot jamgʻarmasi 160 million soʻm!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1169 marta

CHOP ETILGAN

17.06.2021

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: meʼmorchilik-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga litsenziyasi bo‘lgan meʼmorlar, meʼmorchilik byurolari, studiyalar, ustaxonalar, qurilish va loyihalash tashkilotlari, restavratorlar va developerlar, dizaynerlar, sohaga oid oliy o‘quv yurtlari talabalari va jurnalistlar uchun

Ariza topshirish muhlati: 2021-yil 30-iyulgacha

Asosiy maʼlumot

“KNAUF GIPS BUXORO” XK MChJ va O‘zbekiston me’morlari uyushmasi Me’mor//2021 II-meʼmorchilik koʻrik-tanlovini eʼlon qildi. Tanlovning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan yaratilgan me’morchilik va shaharsozlik sohasidagi eng yaxshi asarlarni aniqlash va rag’batlantirishdir.

Ishtirokchilar oʻz ishlarini rus yoki oʻzbek tilida topshirishi mumkin.

Tanlov toifalari

Tanlovga quyidagi 5 nominatsiyadan biri boʻyicha ishlar taqdim etilishi mumkin:

  • Uy-joy va jamoat binolari va inshootlari (qurilgan binolar, loyihalar)
  • Xususiy me’morchilik (qurilgan binolar, loyihalar)
  • Shahar hududlarini obodonlashtirish (amalga oshirilganlari, loyiha)
  • Sohaga oid OTM talabalarining tanlovi
  • Jurnalistlar uchun “Meʼmorchilik ommaviy axborot vositalarida” tanlovi

Mukofotlar

Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi 160 million soʻmni tashkil etadi. Har bir nominatsiyada 3 ta sovrindor (Uy-joy va jamoat binolari va inshootlari nominasiyasidan tashqari) 1 ta sovrindor aniqlanadi. Uy-joy va jamoat binolari va inshootlari (qurilgan binolar) nominatsiyasida Tanlovning yagona Gran pri sohibi aniqlanadi.

Mukofot gʻoliblar oʻrtasida quyidagicha taqsimlanadi:

Gran pri – 20 000 000 so‘m
Nominatsiya g‘olibi – 10 000 000 so‘m
Talabalar tanlovi g‘olibi – 5 000 000 so‘m
Jurnalistlar tanlovi g‘olibi – 5 000 000 so‘m
Boshqa – sovrindorlar

Tanlovda ishtirok etish bepul. Meʼmorchilik-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga litsenziyasi bo‘lgan meʼmorlar, meʼmorchilik byurolari, studiyalar, ustaxonalar, qurilish va loyihalash tashkilotlari, restavratorlar va developerlar, dizaynerlar, sohaga oid oliy o‘quv yurtlari talabalari va jurnalistlar mazkur tanlovda qatnashishga taklif etiladi.

Ariza topshirish jarayoni

Tanlovda qatnashish uchun asos sifatida ishtirokchining to‘g‘ri to‘ldirilgan So‘rovnomasi xizmat qiladi (soʻrovnoma tanlov saytda toʻldiriladi). Tanlov materiallari (tasvirli va matnli materiallar) tanlov ishtirokchilari tomonidan elektron shaklda taqdim etiladi.

Tanlov ishlari ko‘rgazmasida qatnashish uchun Tanlov ishlarining planshetini Tashkilotchi nashr etadi.

Ekspertlar kengashi, agar taqdim etilgan materiallar yuqoridagi talablarga javob bermasa, Tanlov uchun ishni qabul qilishni rad etishga haqlidir.

Materiallar Tanlovning rasmiy veb-sayti https://memor2021.uz orqali 2021-yil 31-iyulidan kechiktirmay qabul qilinadi.

Tanlov ishtirokchisi tanlovga taqdim etilgan materiallar uchinchi shaxslarning huquqlarini (shu jumladan mualliflik huquqlari, patent huquqlari, tijorat sirlari va boshqalarni) buzmasligini kafolatlaydi va uchinchi shaxslarning da’volari yuzaga kelgan taqdirda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Tanlov Tashkilotchisi g‘olib asarining muallifligini tekshirishga haqlidir.

Mualliflik bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi shaxslardan Tashkilotchiga da’volar bo‘lsa, ishtirokchi ularga zarur maʼlumotlarni taqdim etishga majburdir.

MUHIM: Ishtirok etish harakatini boshlashdan oldin tanlovning rasmiy eʼloni va Nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!