×

Moskva aviatsiya instituti Oʻzbekiston fuqarolari uchun byudjet oʻrinlariga qabul eʼlon qildi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1752 marta

CHOP ETILGAN

29.06.2023

Русский ниже

Moskva aviatsiya instituti (Milliy tadqiqot universiteti) 2023-2024 o‘quv yili uchun O‘zbekiston fuqarolari uchun byudjet o‘rinlariga qabul e’lon qiladi.

Moskva aviatsiya instituti  (MAI) muhandislik kadrlarini tayyorlash va jahon darajasidagi ilg’or ilmiy tadqiqotlar olib borishni ta’minlaydigan Rossiyadagi yetakchi yuqori texnologiyali universitetdir.

Bu yil grant uchun jami 3000 dan ortiq oʻrin ajratilgan!

Byudjetga hujjatlarni qabul qilish 2023-yil 20-iyundan 10-iyulgacha amalga oshiriladi!

Asosiy yirik yoʻnalishlar:

  • Aviatsiya
  • Informatika, kibernetika va elektroenergetika sanoati
  • Dvigatel qurilishi
  • Radioelektronika va aloqa tizimlari
  • Boshqaruv-iqtisodiy va lingvistik yo’nalishlar
  • Raketa va kosmik tizimlar
  • Matematika va informatika
  • Samolyotlar uchun robot tizimlari va qurollanish tizimlari
  • Materiallar va zamonaviy texnologiyalar

Grantni qanday olish mumkin?

1-bosqich. MAI rasmiy portalidagi shaxsiy kabinetingiz orqali (avval portalda roʻyxatdan oʻtasiz) ariza yuboring va kerakli hujjatlarni ilova qiling. Bu jarayonni 2023-yil 20-iyundan 10-iyulgacha amalga oshirish kerak. MAI shaxsiy kabinetida ariza to’ldirish bo’yicha ko’rsatmalarni BU YERDAN topasiz.

2-bosqich. Hujjatlarni toʻplang. Barcha xorijiy fuqarolar uchun asosiy hujjatlar toʻplami pasport, maʼlumoti haqidagi hujjat (attestat, diplom va h.k.) va vatandosh maqomini tasdiqlovchi hujjatlardan iborat. Vatandosh maqomini tasdiqlovchi hujjatlarga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, ota-onaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onaning pasporti kiradi.

3-bosqich. Onlayn imtihonlarni topshiring. Jami 3 ta fandan –  rus tili, matematika, informatika/fizikadan imtihon olinadi. Imtihonlar 2023-yil 25-iyulgacha topshiriladi.

4-bosqich. Imtihon natijalarini tekshirish. Imtihon natijalari 2023-yil 3-avgustgacha eʼlon qilinadi. Natijalarni shaxsiy kabinet orqali tekshirish mumkin.

5-bosqich. MAIga borish. Qabul qilingan boʻlsangiz, Moskva aviatsiya institutiga borib, 2023-yil kuzidan oʻqishni boshlashingiz mumkin.

Institutda kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olinadi. Bakalavriat bosqichi 4 yil, mutaxassislik bosqichi 5,5 yil va magistratura bosqichi 2 yil davom etadi. Darslar toʻliq rus tilida olib boriladi.

Murojaat va konsultatsiya

Konsultatsiya olish uchun Toshkentdagi MAI resurs markaziga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel:+998 55 511 01 36
Manzil: MAI resurs markazi, C-1, st. Buyuk Ipak yo’li, 45B, Toshkent.

MAI tarmoqlari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram

***

Московский авиационный институт (национальный исследовательский университет) объявляет набор на бюджетные места для граждан Узбекистана на 2023-2024 учебный год.

МАИ – ведущий высокотехнологичный вуз России, обеспечивающий подготовку инженерных кадров и проведение передовых научных исследований мирового уровня.

Более 3000+ мест выделено в этом году на грант!

Приём документов на бюджет осуществляется с 20 июня до 10 июля!

Направления:

  • Авиастроение
  • Информатика, кибернетика и электроэнергетика
  • Двигателестроение
  • Радиоэлектроника и системы связи
  • Управленческие-экономические и лингвистические направления
  • Ракетно-космические системы
  • Математика и информатика
  • Робототехнические системы и комплексы вооружения ЛА
  • Материалы и современные технологии

Как получить грант:

1) Подать заявление через личный кабинет на lk.mai.ru и прикрепить необходимые документы с 20 июня до 10 июля. Инструкция по заполнению заявки в личном кабинете МАИ.

2) Собрать документы

  • Основной пакет документов для всех иностранных граждан: Паспорт, документ об образовании;
  • Документы для подтверждения статуса соотечественника: свидетельство о рождении, свидетельство о рождении родителя, паспорт родителя.

3) Сдать экзамены

3 экзамена: русский, математика, информатика/физика); до 25 июля.

4) Проверить результаты экзаменов: до 3 августа.

5) Приезд в МАИ!👩🏻‍🏫 Язык обучения: русский
📚 Форма обучения: очное
🗓️ Продолжительность обучения: 4 и 5,5 лет.
❗️Экзамен состоит всего из 3 предметов.
👩🏻‍💻Формат экзаменов: дистанционно.

Для получения консультации:
📞+998 55 511 01 36
📍Ресурсный центр МАИ:
Ц-1, ул. Буюк Ипак Йули, 45Б, Ташкент.

priem.mai.ru | Telegram | Instagram

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!