×

Moskva aviatsiya instituti Oʻzbekiston fuqarolariga 300 dan ortiq toʻliq grant taklif etmoqda!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

13447 marta

CHOP ETILGAN

19.06.2022

Moskva aviatsiya instituti Rossiyadagi yetakchi yuqori texnologiyalar oliygohi hisoblanadi. 2021-yil holatiga koʻra, ushbu oliygohda 20 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, 400 dan ortiq professor va fan doktorlari dars beradi, shuningdek institutning 1400 dan ortiq oʻqituvchilari PhD darajasiga ega.

Institutda darslar toʻliq rus tilida olib boriladi.

Ushbu institut 2023-yildan boshlab bakalavriat yoki magistraturada oʻqishni xohlovchi Oʻzbekiston fuqarolariga 300 dan ortiq grant taklif etmoqda.

 

 

Yoʻnalishlar

Institutda bakalavriat yoki magistratura bosqichida oʻqish uchun taklif etiladigan yoʻnalishlar quyidagilardan iborat (oʻzbek va rus tillarida keltirilmoqda):

  • Integratsiyalashgan dizayn (Комплексное конструирование)
  • Uchuvchisiz uchish apparatlari (Беспилотные летательные аппараты)
  • Kompozit materiallar (Композиционные материалы)
  • Matematik modellashtirish (Математическое моделирование)
  • Sunʼiy intellekt (Искусственный интеллект, Big Data, Machine Learning, Internet of Things)
  • Tovush tezligidan tez texnologiyalar (Технологии сверхзвука)
  • Kosmik tizimlar (Космические системы)
  • Istiqbolli harakatlantiruvchi va elektr stansiyalari  (Перспективные двигательные и энергетические установки)
  • Elektr raketa dvigatellari (Электроракетные двигатели)
  • Avionika (Авионика)
  • Energetika sanoati va muhandislik tizimlarini elektrlashtirish  (Электроэнергетика и электрификация инженерных систем)
  • Robotlashtirish (Роботизация)
  • Telekommunikatsiyalar (Телекоммуникации)
  • Additiv texnologiyalar (Аддитивные технологии)
  • Yuqori texnologiyali mahsulotlarga xizmat koʻrsatish (Сервис высокотехнологичной продукции)

Shuningdek har bir yoʻnalish bir nechta bakalavriat yoki magistratura mutaxassisliklarini (dasturlarini) oʻz ichiga oladi va nomzodlar oʻqish uchun oʻziga mos mutaxassislikni tanlashi mumkin.

Mavjud mutaxassisliklarning barchasi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

 

 

Grant imkoniyatlari

Bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod etiladi.
  • Oylik stipendiya beriladi. Stipendiya dastlabki 6 oyda hammaga bir xil miqdorda beriladi, keyingi semestrlarda stipendiya miqdori baholarga qarab oʻzgaradi.

Dasturga qabul jarayoni

Arizalar qabuli 2022-yil 20-iyundan boshlanadi. Grantni qoʻlga kiritmoqchi boʻlganlar 2022-yil 10-iyulga qadar bakalavriat yoki magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirishi hamda iyul oyida boʻlib oʻtadigan saralashdan (imtihondan) oʻtishi lozim. Imtihon qanday formatda oʻtkazilishi keyinroq eʼlon qilinadi.

Arizalar onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi. Onlayn arizani topshirish uchun dastlab “Подать заявку” tugmasi bosiladi. Soʻng kerakli shaklga ism-familiya, telefon raqam, email kiritilib, kerak yoʻnalish tanlanib, “Отправить запрос” tugmasi bosiladi. Shundan keyin universitet maʼmuriyati sizga ariza topshirish tizimiga kirish va ariza topshirish boʻyicha video qoʻllanmani yuboradi. Va shu qoʻllanma asosida ariza topshirishingiz mumkin boʻladi.

Onlayn ariza toʻliq rus tilida toʻldirilishi lozim.

 

 

Kerakli hujjatlar

Ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlarni yuklash talab etiladi:

  • Pasport va uning rus tiliga notarial tasdiqlab qilingan tarjimasi.
  • Taʼlim darajasini koʻrsatuvchi hujjat (attestat yoki diplom) va uning rus tiliga notarial tasdiqlab qilingan tarjimasi.
  • Nomzodning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va uning rus tiliga notarial tasdiqlab qilingan tarjimasi.
  • Ota yoki onaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va uning rus tiliga notarial tasdiqlab qilingan tarjimasi.
  • Ota-ona pasporti va ularning va rus tiliga notarial tasdiqlab qilingan tarjimasi.
  • Agar ota-onaning familiyasi oʻzgargan boʻlsa, buni tasdiqlovchi hujjat va uning notarial tarjimasi.

Dasturga qabul jarayoni, koʻp beriladigan savollar va boshqalar haqida BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun

Ariza topshirish boʻyicha bevosita institut vakillaridan bepul maslahat (konsultatsiya) olish imkoniyati ham mavjud. Bu uchun quyidagi kontaktlardan biriga murojaat qiling (rus tilida):

  • Email: sng@mai.ru
  • Telefon: +7 499 158 00 27
  • Telegram orqali murojaat: @MAI_SNG
  • WhatsApp orqali murojaat qilish uchun: +7 968 535 58 95

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!