×

«Mo‘ynoq» logotipi uchun tanlov e’lon qilindi, mukofot 10 million soʻm!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

3294 marta

CHOP ETILGAN

04.04.2019

Xalqaro press-klub Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi bilan hamkorlikda «Mo‘ynoq» logotipi uchun tanlov e’lon qildi.

«Mo‘ynoq» shahri yangidan kashf qilinmoqda, shahar ekologik mashaqqatli davrlarni yengib o‘tish bilan birga zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lmoqda. Shu bilan bir qatorda shahar tarixidagi yangi davrni to‘liq aks ettiradigan, mahalliy va xorijiy hamjamiyatning e’tiborini torta oladigan xalqaro darajadagi brend yaratilishi maqsadida yangi loyihaga bel bog‘landi.

Yangi, munosib logotip va aydentika uchun tanlov shartlari quyidagicha:

– Fayl vektor formatida (CorelDraw, Adobe Illustrator yoki boshqa), plagiatsiz, bo‘lishi kerak.

G‘olib logotip uchun mukofot – 10 million so‘m!

Grafik dizayn ishlari 2019-yil 1-may soat 00:00gacha xalqaropressklub@gmail.com elektron manzili orqali qabul qilinadi.

G‘olib deb topilgan logotip mualliflik huquqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tasarrufiga o‘tadi.

Batafsil ma’lumot uchun murojaat: xalqaropressklub@gmail.com; fb.com/IPCUzbekistan

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!