×

Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi: murabbiylar va jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun Germaniyada moliyalashtiriladigan malaka oshirish kurslari!


Blog

BO'LIM

Kurslar

O'QILGAN

1111 marta

CHOP ETILGAN

08.06.2021

Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining madaniyat va ta’lim siyosati doirasida Leipzig universitetining ilmiy sport fakulteti rivojlanayotgan mamlakatlarning murabbiylari va jismoniy tarbiya o’qituvchilari uchun ingliz tilida yiliga ikki marta 5 oylik ta’lim kursini taklif etadi.

Talablar:

40 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar uchun:

  • sport sohasida yakunlangan oliy ma’lumot;
  • faol sportchi va murabbiy / jismoniy tarbiya o’qituvchisi tajribasi;
  • yaxshi jismoniy va aqliy tayyorgarlik.

Kurs quyidagi mavzularni qamrab oladi:

1. Profil mavzusi (nazariya va amaliyot).
2. Umumiy ta’lim fanlari.
3. Sport tibbiyoti.
4. Sport pedagogikasi.
5. Sport psixologiyasi.
6. Sport sohasidagi menejment.
7. Kuchli mashqlar.
8. Nemis tili.

Moliyalashtirish:

Malaka oshirish kursi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Har bir ishtirokchi har oyda stipendiya oladi. Ishtirokchi Germaniyaga kelish va ketish bilan bog’liq sayohat xarajatlarini o’zi ko’tarishi lozim.

Arizalar toʻplami uchun quyidagi hujjatlar tayyorlanishi kerak:

  • taklif qilingan kurs tilida toʻldirilgan soʻrovnoma;
  • laboratoriya tekshiruvlari natijalarning asl nusxalari ilova qilingan kurs tilida to’liq to’ldirilgan tibbiy maʼlumotnoma (laboratoriya tekshiruvlari natijalari oxirgi 3 oy ichida olingan boʻlishi kerak);
  • jismoniy tarbiya o’qituvchisi / murabbiyi / jismoniy tarbiya va sport o’qituvchisi ixtisosligi bo’yicha tugatilgan oliy ma’lumot diplomlari va / yoki o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi to’g’risidagi guvohnomalarining nusxalari (tanlangan kurs oʻtiladigan tilda boʻlishi, boshqa tilda boʻlsa, tanlangan kurs tiliga tarjima qilinishi kerak);
  • tanlangan kursdagi sport turi bo’yicha jismoniy tarbiya o’qituvchisi / murabbiyi / jismoniy tarbiya va sport o’qituvchisi sifatida o’zingizning tajribangiz haqidagi hujjatning kurs oʻtiladigan tilga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
  • tanlangan kursdagi sport turida faol sportchi sifatidagi tajribangiz haqida hujjatning kurs oʻtiladigan tilga notarial tasdiqlangan tarjimasi (imkoniyati cheklangan nomzodlar uchun bu hujjat majburiy emas);
  • tanlangan kursning til talabiga mos boʻlgan ingliz tilini tasdiqlovchi hujjat (Ingliz tili B2 / C1 daraja) yoki maxsus tushuntirish yoxud nemis tili bilimlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
  • pasport nusxasi
  • 4 ta biometrik pasport fotosurati

Hujjatlar Germaniyaning Oʻzbekistondai elchixonasiga taqdim etiladi.

Quyidagi kurslar taklif etiladi:

Suzish – Kurs davomiyligi: 28.02.2022 – 31.07.2022 yil. Mazkur kurs ingliz tilida oʻtiladi. Shu sababli ushbu kursga topshiriladigan hujjatlar ham ingliz tilida tayyorlanishi kerak.

Germaniya elchixonasida ariza berishning oxirgi muddati: 23.08.2021

Kurs mazmuni, kirish shartlari, talab qilingan hujjatlar va moliyalashtirish masalasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Leipzig universiteti ilmiy sport fakulteti murabbiylari uchun xalqaro kurslar veb-saytiga tashrif buyurish soʻraladi: Kurslar  va ariza berish tartibi.

Hozirgi paytda tibbiy hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilingan, biroq keyinchalik talab qilib qolinishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!