×

Toshkent shahar hokimligi «Mening ustozim» tanlovini e’lon qildi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2482 marta

CHOP ETILGAN

15.09.2018

Qayerda: O’zbekiston, Toshkent

Kim uchun: Toshkent shahridagi taʼlim muassasalari (maktab 9,10,11 sinf, litsey, kollej, OTM)da tahsil olayotgan oʻquvchi va talaba yoshlar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 20-sentabridan 23-sentabr soat 13:00 gacha

Toshkent shahr hokimligi “1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan «Mening ustozim» nomli videoroliklar tanlovini e’lon qildi. Tanlovni tashkil etishdan maqsad oʻquvchi va talaba yoshlarning pedagogika sohasiga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda oʻqituvchi va murabbiylarga boʻlgan hurmatini yuksaltirish.

Tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlari:

  • Tanlovga videoroliklar oʻzbek va rus tillarida qabul qilinadi;
  • “Mening ustozim!” tanlovida ishtirok etish uchun Toshkent shahar hokimligining https://www.facebook.com/Toshkenthokimligi/ sahifasiga aʼzo boʻlgan holda, sahifada eʼlon qilingan videoroligiga “Like” bosishi va “Repost” qilishi lozim;
  • Tanlovda faqat Toshkent shahridagi taʼlim muassasalari (maktab 9,10,11 sinf, litsey, kollej, OTM)da tahsil olayotgan oʻquvchi va talaba yoshlar ishtirok etishlari mumkin;
  • Videorolikda muallif oʻqituvchi yoki murabbiysining faoliyatini yoritishi, ustoziga boʻlgan hurmatini mohirona ifodalab berishi kerak;
  • Videorolik MPEG 4, MOV, AVI formatlarida minimal hajmi 480×360 boʻlgan va davomiyligi 3 daqiqadan oshmasligi lozim;
  • Taqdim etilayotgan materialga videorolikning asosiy gʻoyasi aks ettirilgan va muallif oʻzi haqida qisqacha maʼlumot (F.I.Sh, oʻqish joyi, yashash manzili, telefon raqami)ni ilova qilishi kerak;
  • Videoroliklar fleshka, disk va shu kabi axborot tashuvchi vositalarda 20 sentyabrdan 23 sentyabr soat 13:00 ga qadar Toshkent shahar hokimligi (Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi 51 uy)da qabul qilinadi;
  • Tanlovga yuborilgan ishlar mualliflik huquqiga ega boʻlishi va uchinchi shaxslar tomonidan tayyorlanishiga yoʻl qoʻymasligi lozim;
  • Tanlov ishtirokchilari taqdim etilgan ishlar uchun toʻliq javobgar hisoblanadi;
  • Ishtirokchilar oʻz ishlarini ushbu nizomda koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etishlari kerak;
  • Koʻrsatilgan manzilda va muddatlarda taqdim etgan talabgorlar, tanlov toʻgʻrisidagi nizom bilan tanish ekanligini va oʻtkazish tartibi hamda shartlaridan xabardor ekanligini anglatadi;
  • Eng yaxshi ijodiy ishlar hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan tanlab olinadi va Toshkent shahar hokimligining Facebook sahifasida umumiy ovoz berish natijalari asosida aniqlanadi;
  • Ovoz (Like) yigʻish tanlovda ishtirok etishning yagona sharti hisoblanadi;
  • Agar Facebook ijtimoiy tarmogʻida muayyan ish uchun ovoz berganlar roʻyxatida shubhali profillar mavjud boʻlsa, bunday ovozlar inobatga olinmaydi;
  • Ovoz berish hamma uchun ochiq hisoblanib, ziddiyatli holatlar boʻlgan taqdirda yakuniy qaror tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi;
  • Tanlov qoʻmitasi tanlov jarayoni va natijalari haqida hech qanday sharh berishni oʻz zimmasiga olmaydi.

Tanlov ishlarini baholash mezonlari:
Originallik, ijodkorlik va mavzuga aloqadorlik.

Tanlov natijalarini sarhisob qilish:

  • Tanlov natijalari boʻyicha eng yaxshi ishlar Toshkent shahar hokimligining internet sayti va ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinadi;
  • Tanlovga taqdim etilgan materiallar kelgusida mualliflarga qaytarilmaydi va mualliflik huquqi Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatiga oʻtadi.

Tanlovga oid muhim sanalar:

  • 2018 yil 14 – 23 sentyabrgacha tanlov oʻtkaziladi;
  • 2018 yil 20 sentyabrdan tayyor materiallar qabul qilinadi;
  • 2018 yil 23 sentyabr 13:00 dan tanlovga materiallar qabul qilish toʻxtatiladi;
  • 2018 yil 23-25 sentyabr – saralab olingan ishlar umumiy ovozga qoʻyiladi;
  • 2018 yil 26 sentyabr – tanlov natijalari eʼlon qilinadi.

Tanlov natijalari:
Ovoz berish natijalariga koʻra 3 ta eng yaxshi ish gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. Ularning har biriga smartfonlar taqdim etiladi.

Mukofot jamgʻarmasi: 3 ta smartfon.

Sizni qiziqtirgan savollarga quyidagi raqamga qoʻngʻiroq qilish orqali javob olishingiz mumkin: +998 71 210 0164

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!