×

NAPA EDU HUB IT akademiyasidan grant: Gʻolib 25 million soʻm, noutbuk, smartfon, 5G internet, 500 AQSh dollar maosh va trenajorga VIP chiptani qoʻlga kiritadi!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

8935 marta

CHOP ETILGAN

21.10.2019

Qayerda? Oʻzbekiston

Kim uchun? 15-22 yoshdagi oʻzbekistonliklar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yil 30-noyabrgacha

NAPA EDU HUB IT akademiyasi 15 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan oʻzbekistonlik yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Tanlov-grant dasturini eʼlon qildi. Tanlovda IT sohasida oʻqish istagida boʻlgan nomzodlar qatnashishlari mumkin.

Tanlov quyidagi toʻrt yoʻnalishda boʻlib oʻtadi:

  1. Junior Full Stack  Developer.
  2. Full Stack IT Marketing specialist.
  3. Full Stack Designer.
  4. Media Producer (Video Production).

Manfaatli jihatlari

Tanlovda gʻolib boʻlgan nomzodlarga quyidagi sovgʻa va imkoniyatlar beriladi:

  • NAPA EDU HUB akademiyasida oʻqish uchun uchun 25 million soʻm.
  • Smartfon va noutbuk.
  • Coworking hududiga 3 oylik a’zolik.
  • 5G internetdan foydalanish imkoni
  • Trenajor zaliga (Chekhov gym Club) bir yillik VIP-chipta.
  • Shuningdek, boshqa viloyatdan boʻlgan gʻoliblarga bir yillik turar joy haqi ham toʻlab beriladi.

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

Umumiy talablar:

  • Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Nomzod 15-22 yosh oraligʻida boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6,0 ball darajada bilishi kerak.
  • Nomzod oʻzbek va rus tillarini a’lo darajada bilishi kerak.
  • Nomzod matematika boʻyicha bazaviy bilimlarga ega boʻlishi lozim.

Junior Developer uchun talablar:

  • Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6,0 ball darajada bilishi kerak.
  • Nomzod matematika boʻyicha bazaviy bilimlarga ega boʻlishi lozim. Imtihon tariqasida test oʻtkaziladi.
  • Nomzod dasturlash koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim. Buni aniqlash uchun suhbat oʻtkaziladi.

 Full Stack IT Marketing specialist uchun talablar:

  • Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6,0 ball darajada bilishi kerak.
  • Nomzod Adobe Photoshop va Adobe Illustratorda ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod dasturlash koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim. Buni aniqlash uchun suhbat oʻtkaziladi.

Full Stack Designer uchun talablar:

  • Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6,0 ball darajada bilishi kerak.
  • Nomzod Adobe Photoshop va Adobe Illustratorda ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim.
  • Posrtfolio talab qilinadi.

Media Producer (Video Production) uchun talablar:

  • Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6,0 ball darajada bilishi kerak.
  • Nomzod Adobe Photoshop Premiere Pro,After Effect va Adobe Illustratorda ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim.
  • Posrtfolio talab qilinadi.

Hujjat topshirish jarayoni

Ushbu dasturga arizalar 2019-yilning 20-oktabridan 30-noyabriga qadar qabul qilinadi. Dasturda ishtirok etmoqchi boʻlganlar arizani joriy yilning 30-noyabrigacha SHU YERDA onlayn tarzda toʻldirib, topshirishi lozim.

Murojaat uchun: info@napa.uz

Akademiya manzili: Toshkent shahri, Universitet koʻchasi 4, NAPA Team.

NAPA EDU HUB akademiyasi ijtimoiy tarmoqlarda:

TELEGRAM
FACEBOOK
INSTAGRAM

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!