×

Neft va gaz sohasida o’qishni xohlovchilar uchun 10ta grant!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

12530 marta

CHOP ETILGAN

30.05.2018

Scholarship Consultancy ta’lim markazi neft va gaz sohasida o’qishni xohlovchilar uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi!

Neft va Gaz yo’nalishi bo’yicha oliy ta’lim muassasalari orasida eng yaxshi uchtalik ro’yxatga kirgan  Southwest Petroleum University universiteti o’zbekistonlik yoshlarga bakalavr bosqichida o’qish uchun grant dasturini taqdim etadi! Ushbu grantni qo’lga kiritish uchun hech qanday imtihon topshirilmaydi, shunchaki kerakli hujjatlar berilsa, shuning o’zi yetarli!

Ajratilgan grantlar soni: 10 ta!

Grantni qo’lga kiritgan talabaga quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Talaba yiliga 3000 AQSh dollari miqdoridagi kontrakt pulining atigi 550 AQSh dollarini to’laydi;
  • Talaba bepul o’qishning butun muddati davomida tekin turar joy bilan ta’minlanadi.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Ingliz tilini bilishning o’zi yetarli, IELTS, TOEFL yoki boshqa turdagi til sertifikatlari shart emas.
  • Kollej/litsey baholari 75%dan kam bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod 18-25 yosh oralig’ida bo’lishi kerak.

O’qish ingliz tilida olib boriladi.

Hujjatlar 2018-yilning 10-iyuniga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot uchun (+99893)383-43-43 yoki (+99899)839-66-65 raqamiga qo’ng’iroq qiling.

Universitet haqida: Southwest Petroleum University universiteti Sichuan provinsiyasining Chengdu shahrida joylashgan.

Universitet har yili 200 ga yaqin talabalarni Hamkor (Amerika, Rassiya, Angliya, Germaniya, Yaponiya va Fransiya) davlatlaridagi Universitetlariga “Talaba almashinish (Exchange program)” dasturi bo’yicha o’qishga yuboradi.

Scholarship Consultancy rasmiy veb-sayti: www.csc.uz
Telegram kanal: @chinascholarship

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!