×

Nemis tilidan xalqaro ECL imtihoni O’zbekistonda!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4072 marta

CHOP ETILGAN

22.02.2023

ECL imtihoni orqali nemis tilidan A2, B1, B2, C1 darajalari uchun xalqaro tan olingan ECL sertifikatini olishingiz mumkin.

ECL sertifikati uchun imtihon European Consortium for the Certificate of Attainment in Modern Languages (Til Bilish Darajasini Tasdiqlovchi Yevropa Konsortsiumi) tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi.

ECL imtihon markazi ALTE tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan. Shu sababli ECL imtihon markazi tomonidan berilgan til sertifikatlari dunyo boʻylab viza berish tartibi boʻyicha tan olinadi.

Imtihonlar bir yilda 6 marta: fevral, aprel, iyun, avgust, oktyabr va dekabr oylarida tashkillashtiriladi. Nomzodlar uchun imtihonga roʻyxatdan oʻtish imtihon sanasidan bir oy oldin yakunlanadi. ECL imtihon sanalari (2023) imtihon markazrining rasmiy saytida har yili eʼlon qilib boriladi.

Ushbu sertifikatning afzalliklari:

  • Til bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro, ishonchli, raqobatbardosh va standart til sertifikati;
  • Yevropa Ittifoqining barcha davlatlaridagi tashkilotlar, universitetlar va til maktablari tomonidan rasman tan olingan;
  • Imtihonning ogʻzaki va yozma qismlarini alohida topshirish imkoniyati mavjud;
  • Imtihon varaqalari European Consortium for the Certificate of Attainment in Modern Languages tashkiloti tomonidan tekshirilib, muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga ECL til sertifikati yuboriladi;
  • Sertifikat muddatsiz amal qiladi.

Imtihon strukturasi

ECL til imtihoni toʻrtta til darajasi A2, B1, B2, C1 uchun topshirilishi mumkin. Bunda nomzodning kommunikativ til koʻnikmalari baholanadi. Boholash mezonlari CEFR talablariga muvofiq:

topshirilishi mumkin. Bunda nomzodlarning kommunikativ til koʻnikmalari baholanadi. Baholash mezonlari CEFR talablariga muvofiq:

A2 – Oʻzi haqida, kishilar, joylar, narsalar va atrof-muhitni tasvirlash uchun oddiy vositalardan foydalana oladi.
B1 – odatiy turmush tarzini ifodalovchi mavzularni va oʻzi qiziqqan sohalarni sodda hamda ravob ifoadaly oladi.
B2 – Til egasi bilan muayyan mavzularda ham qiyinchiliksiz ravon muloqotga kirisha oladi.
C1 – Muayyan mavzularni xatolarsiz, soʻz qidirmasdan, erkin va osonlik bilan ifodalay oladi.

Har bir darajada 4 ta asosiy koʻnikma asosiy koʻnikma sinovdan oʻtkaziladi:

  • Oʻqib tushunish
  • Yozma nutq
  • Tinglab tushunish
  • Ogʻzaki nutq

Imtihonni baholash

Har bir modul maksimal 25 balldan baholanadi va umumiy 100 ball toʻplanadi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirish uchun har bir modulda minimal 10 ball toʻplash kerak. Bunda umumiy toʻplangan ball 60 balldan kam boʻlmasligi lozim. Toʻliqsiz formatda imtihon topshirilganda umumiy ball minimal 30 ball boʻlishi kerak.

Imtihonni toʻliqsiz formatda topshirish imkoniyati mavjud:

  1. Ogʻzaki toʻliqsiz format (bunda faqat tinglab tushunish va ogʻzaki nutqdan imtihon topshiriladi).
  2. Yozma toʻliqsiz format (bunda faqat oʻqib tushunish va yozma nutqdan imtihon topshiriladi).
  3. Kompleks format (bunda barcha modullar: oʻqib tushunish, yozma nutq, tinglab tushunish va ogʻzaki nutqdan imtihon topshiriladi).

Imtihon narxlari (2023-yil fevral oyi holatiga ko’ra)

A) Ogʻzaki toʻliqiz format:

A2 – 685,000 soʻm
B1 – 795,000 soʻm
B2 – 865,000 soʻm
C1 – 965,000 soʻm

B) Yozma toʻliqsiz format:

A2 – 685,000 soʻm
B1 – 795,000 soʻm
B2 – 865,000 soʻm
C1 – 965,000 soʻm

C) Kompleks format:

A2 – 1,185,000 soʻm
B1 – 1,565,000 soʻm
B2 – 1,615,000 soʻm
C1 – 1,715,000 soʻm

Imtihonga roʻyxatdan oʻtish tartibi:

  • BU YERGA kiring va maydonchalarga oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni pasportingizga asosan xatosiz kiriting.
  • Ekranda paydo boʻlgan invoice (toʻlov xabarnomasi) ni skrinshot qilin yoki saqlab oling.
  • 24 soat ichida bank yoki mobil ilovalar orqali invoice (toʻlov xabarnomasi) asosida toʻlovni amalga oshiring. Toʻlovni amalga oshirayotgand imtihonga kiruvchining ism familiyasi va invoice raqami koʻrsatilishi shart.
  • Toʻlov toʻgʻrisidagi hujjatni va pasport skanerini shu yerga yuboring!

Murojaat uchun telefon: +998 90 987 81 84, +998 90 905 01 77, +998 90 046 9899

ECL xalqaro imtihon markazining dunyo boʻyicha yagona rasmiy sayti: https://eclexam.eu/deutsch/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!