Qayerda: Buyuk Britaniya
Kim uchun: Bakalavr va magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Hujjat topshirish muhlati: 2019-yil 24-iyungacha
Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida joylashgan Nottingem Trent universiteti – Nottingham Trent University bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun bir qancha grantlar taqdim etadi. Ushbu grantlardan maqsad – iqtidorli talabalarni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash.
Bakalavriat bosqichi uchun:
1. International Undergraduate Full-Fee Scholarship. Bu grant 2019-yil sentyabrda boshlanadigan kunduzgi bakalavriat yoʻnalishlarining barcha chet ellik talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, toʻrt yil davomida talabaning oʻqish pulini toʻliq qoplanadi. Hujjat topshirish muhlatlari:
- 2019-yil 14-yanvar, Grinvich boʻyicha 16:00;
- 2019-yil 25-mart, Grinvich boʻyicha 16:00;
- 2019-yil 20-may, Grinvich boʻyicha 16:00.
Dedlayn: 2019-yil 24-iyun, Grinvich boʻyicha 16:00.
2. International Undergraduate Scholarships. Mazkur grant 2019-yil sentyabrda boshlanadigan kunduzgi bakalavriat yoʻnalishlarining barcha chet ellik talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, toʻrt yil davomida yiliga 2000 funt-sterling mablagʻ ajratadi. Hujjat topshirish muhlatlari:
- 2019-yil 14-yanvar, Grinvich boʻyicha 16:00;
- 2019-yil 25-mart, Grinvich boʻyicha 16:00;
- 2019-yil 20-may, Grinvich boʻyicha 16:00.
Dedlayn: 2019-yil 24-iyun, Grinvich boʻyicha 16:00.
3. International Scholarships. Grant 2019-yil sentyabrda boshlanadigan kunduzgi bakalavriat yoʻnalishlarining barcha chet ellik talabalari uchun bir yilga moʻljallangan boʻlib, taʼlimning birinchi yiliga 2000 funt-sterling mablagʻ ajratadi. Hujjat topshirish muhlatlari:
- 2019-yil 14-yanvar, Grinvich boʻyicha 16:00;
- 2019-yil 25-mart, Grinvich boʻyicha 16:00;
- 2019-yil 20-may, Grinvich boʻyicha 16:00.
Dedlayn: 2019-yil 24-iyun, Grinvich boʻyicha 16:00.
Nottingham Trent University bakalavriat dasturlarida oʻqish haqi 2019-yil uchun taxminan 13 900 funt-sterlingni tashkil etadi.
Magistratura uchun grantlar quyidagilar:
1. Postgraduate Masters Scholarships. Grant NTU Academic Schools tomonidan taqdim etilgan. 2019-yil sentyabrda boshlanadigan kunduzgi magistratura yoʻnalishlarining barcha chet ellik ishtirokchilari uchun moʻljallangan boʻlib, odatda talabaning oʻqish pulini qisman: 25% yoki 50% qoplanadi. Hujjat topshirish muhlatlarii:
- 2019-yil 14-yanvar, Grinvich boʻyicha 16:00;
- 2019-yil 25-mart, Grinvich boʻyicha 16:00;
- 2019-yil 20-may, Grinvich boʻyicha 16:00.
Dedlayn: 2019-yil 24-iyun, Grinvich boʻyicha 16:00.
2. International Scholarships. Ushbu grant 2019-yil sentyabrda boshlanadigan kunduzgi magistratura yoʻnalishlarining barcha chet ellik ishtirokchilari uchun moʻljallangan boʻlib, talabani 2000 funt-sterling pul mablagʻi bilan taʼminlaydi. Hujjat topshirish muhlatlari:
- 2019-yil 14-yanvar, Grinvich boʻyicha 16:00;
- 2019-yil 25-mart, Grinvich boʻyicha 16:00;
- 2019-yil 20-may, Grinvich boʻyicha 16:00.
Dedlayn: 2019-yil 24-iyun, Grinvich boʻyicha 16:00.
Nottingham Trent University magistratura kursining bir yillik oʻqish haqi 2019-yil uchun taxminan 15 500-17 000funt-sterling.
Barcha magistratura dasturlari haqida maʼlumot: SHU YERDA.
Talablar:
Bakalavr bosqichi grantiga nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- YEIga kirmaydigan davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Maʼlumotga egalik haqidagi hujjat (maʼlumotga egalik hujjatlarga talablar Buyuk Britaniya baholash tizimiga mos kelish-kelmasligi universitetning davlatlar sahifasida tekshirib olinishi kerak. Oʻzbekiston bu roʻyxatga kitirilmaganligi uchun, bu haqida aniqlashtirish uchun Xalqaro Rivojlanish Byurosiga murojaat qilinadi).
- IELTS 6,0-6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 5,5).
- Baholar varagʻi.
- Aniq fanlar uchun GMAT/GRE/GCSEs.
*Topshiriladigan hujjatlar tanlangan yoʻnalishlarga koʻra farq qiladi. Masalan, “Sotsiologiya” dasturi uchun BBC – A-darajalari; BTEC Extended Diploma – DMM; UCAS – A daraja 112 ball; GCSEs – S/4 ingliz tili va matematika kabi. Chet elliklar uchun barcha bakalavriat taʼlim dasturlari va talablari: SHU YERDA.
Magistratura grantiga nomzod uchun talablar:
- YEIga kirmaydigan davlat fuqarosi boʻlishi kerak.
- Bakalavr yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi lozim (aniqlash uchun Xalqaro Rivojlanish Byurosiga murojaat qilinadi).
- IELTS 6,5-7,5 (har bir qism boʻyicha kamida 5,5-6,5).
- Baholar varagʻi.
- Aniq fanlar uchun GMAT/GRE/GCSEs.
*Topshiriladigan hujjatlar tanlangan yoʻnalishlarga koʻra farq qiladi. Chet ellik taabgorlar uchun barcha magistratura dasturlari, talablar va toʻlov haqida: SHU YERDA tanishish mumkin.
Hujjat topshirish jarayoni
Hujjatlar barcha bosqichlar uchun 2019-yil 24-iyunga qadar qabul qilinadi.
Ariza onlayn shaklda toʻldiriladi va international@ntu.ac.uk elektron pochtasiga joʻnatiladi. Arizani toʻldirish: SHU YERDA.
Natijalar 2019-yilning sentyabrigacha eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: international@ntu.ac.uk.