×

Toshkentdagi Webster universiteti: OAV mutaxassislari uchun 9 oylik bepul ingliz tili kurslarida til oʻrganish imkoniyati taklif etilmoqda


Blog

BO'LIM

Kurslar

O'QILGAN

2090 marta

CHOP ETILGAN

20.08.2020

Ommaviy Axborot Vositalari mutaxassislari uchun ingliz tili (OAVMI) dasturiga tanlov ochiq deb e’lon qilindi. 2020-yil sentyabr oyida OAV mutaxassislari orasida ingliz tilini takomillashtirishga qaratilgan yangi dastur o’z faoliyatini boshlamoqda. Qatnashish uchun jurnalistlar, muxbirlar, bloggerlar, fotojurnalistlar, matbuot xodimlari va boshqa OAV vakillari murojaat etishlari mumkin.

Hujjatlarni topshirish 2020 yil 31-avgust sanasining oxirigacha davom etadi.

Dastur AQShning Toshkentdagi elchixonasining Toshkentdagi Webster universitetiga taqdim etilgan granti asosida amalga oshirilmoqda. OAVMI dasturi uchta darajaga bo’lingan guruhlarni o’z ichiga oladi: boshlang’ich, o’rta va yuqori. Ushbu kurslar talabalarga ingliz tilida gapirish, o’qish va yozish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Kurslar 9 oy davom etadi.

O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan aloqalari kengayishi bilan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun xalqaro darajadagi ma’lumot manbalaridan foydalanishlarining ahamiyati oshib bormoqda. Ushbu loyihaning asosiy maqsadlaridan biri OAV vakillariga o’z ishlari orqali boshqa chet davlatlari bilan aloqa o’rnatish imkoniyatlarini ochishda yordam berishdir. OAVMI kurslarini tugatgandan so’ng, bitiruvchilar ingliz tilidagi ma’lumotlarni olish, faktlarni tekshirish, muammolarni yangi nuqtai nazardan o’rganish, chet ellik mutaxassislarning sharhlarini olish, boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan aloqa o’rnatish va boshqa yangi imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Ushbu maqsadga qo’shimcha ravishda, O’zbekiston jurnalistlarining jahon ommaviy axborot vositalarida ishtiroki va sonini ko’paytirish uchun «Media mutaxassislari uchun ingliz tili» dasturi tashkil etilmoqda.

Dasturda ishtirok etishni istaganlar SHU YERDA onlayn ravishda anketani to’ldirishlari mumkin. Bir sahifadan iborat qisqacha ma’lumot yoki resume va 150 so’zdan iborat o’qishdan maqsadingiz haqidagi xatni qo’shish talab qilinadi. Arizalarni topshirishning oxirgi kuni – 31 avgust. Shundan so’ng, anketalar tanlovidan o’tganlar testdan va onlayn intervyudan o’tishlari kerak bo’ladi. Kursga qabul qilinganlar bilan telefon yoki electron manzil (e-mail) orqali bog’lanadilar.

Ma’lumotlar uchun:
Hilola Samatova, Dastur koordinatori, Toshkentdagi Webster universiteti
Telefon: +998 90 002 07 38
Email: hilolasamatova90@webster.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!