×

Oksford Universiteti (University of Oxford)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

53976 marta

CHOP ETILGAN

20.03.2018

Xorijiy davlatlarda ta’lim oladigan ko’pchilik talabalar kelajakda o’z vatanlariga qaytib xizmat qilishni istaydilar. Ana shunday vaziyatda o’z mutaxassisligingiz bo’yicha ishlamoqchi bo’lsangiz, chet elda olingan diplomingizni nostrifikatsiya qilishingizga to’g’ri keladi. Bugungi kunda xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta`lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro’yxatiga kiritilgan ta`lim muassasalarining ro’yxati tasdiqlangan bo’lib, mazkur ro’yxatga kiritilgan ta’lim muassasalarining diplomlari imtihonsiz nostrifikatsiya qilinadi, ya’ni nostrifikatsiya qilish uchun faqatgina diplomning haqiqiyligi tekshiriladi. Shu sababli xorijiy mamlakatlarda ta’lim olishni maqsad qilganlar ushbu ro’yxatdagi ta’lim muassasalarini tanlasalar kelajakda O‘zbekistonda ham o’z sohangiz o’yicha diplomiingiz tan olinadi. Grantlar.uz o’quvchilariga mana shu ro’yxatdagi ta’lim muassasalarini tanishtirib borishni maqsad qildi.

Oksford Universiteti (University of Oxford)

Asos solingan: aniq yili ma’lum emas, 1096 – yildan o’qish ishlari olib borilgani ma’lum.

Talabalar soni: 20.330

Joylashuvi: Oksford, Oksfordshir, Buyuk Britaniya.

Rasmiy sayti: www.ox.ac.uk

Oksford Universiteti (ingl University of Oxford) – Buyuk Britaniya, Oksfordshir grafligiga mansub Oksford shahrida joylashgan. Yevropaning eng qadimgi universitetlari ro’yhatida ikkinchi o’rinni egallab turibdi, Buyuk Britaniyadagi birinchi universitet hisoblanadi. Aniq asos solingan yili ma’lum emas, shuni aytish mumkinki XI asrda ham talabalarga dars berilgan. Buyuk Britaniyaning eng yuqori darajali 20 Universiteti tarkibiga kiradi.

Unversitet fakultetlardan, 38 ta kollejdan hamda 6 ta kollej nomini olmagan yopiq o’quv muassasasidan iborat. Kollejlarda talabalar bilan darslar individual va seminarlar tarzida o’tkaziladi.

Universitet asos solingan yili aniq emas. 1167 – yilda Genrix II xorijlik talabalarni Parij Universitetida o’qishlarini taqiqlab qo’ydi. Natijada, ko’p ingliz talabalari Fransiyadan ketib Oksford universittida o’qishga majbur bo’lganlar. Universitet boshi kansler hisoblangan. Kata mansabdor shaxslar universitet rivoji uchun o’z xissalarini qo’shishgan. Ulardan birinchisi Uilyam Darem bo’lib, u 1249 – yilda Universitet Kolledji (ingl University College) ga asos slogan. Bo’lajak Shotlandiya qirolining otasi Ioann I de Balliol nomi sharafiga Balliol Kolledjini tashkil qilgan. Ingliz lord – kansleri – Valter de Merton kollejlar uchun qoidalar ishlab chiqqan. Ushbu kollej Kembrij kolleji va Oksforddagi boshqa kollejlar uchun namuna bo’lib o’z faoliyatini olib borgan.

Universitetga qabul

 Yangi o’quv yili boshlanishidan oldin, oktabr – noyabr oylarida talabalar kollejlarga hujjat topshiradilar. Maxsus komissiya faqat yuqori baholi (A – level) abiturientlar bilan suhbat o’tkazadi. Ba’zi bir hollarda bo’lajak talabadan yozma ishlar va yozma ravishda test olinadi. Universitetga kiruvchilar ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Ta’lim – bepul emas: bir yil uchun yashash xarajatlari – 8 ming funt; o’qitish xarajatlari tanlangan mutaxasislikka qarab to’lanadi – san’at – 6300 funt; ilm – fan 8400 funt; tibbiyot – 15400 funt. Magistratura va aspiranturada o’qishni davom ettirish uchun nomzodlar tegishli fakultetlarga hujjat topshiradilar. Bir yilning o’zida ham Kembrij, ham Oksford Universitetlariga hujjat topshirishga yo’l qo’yilmaydi.

Universitet tuzilishi

Universitet 38ta kollej va 6ta yopiq o’quv muassasalaridan tashkil topgan. Hozirda Oksfordda 20000dan ortiq talaba o’qisa, ularning chorak qismi xorijliklar hisoblanadi. Talabalar soni yozda ingliz tili maktablari ochilganida keskin ko’payib ketadi. Oksford rektori – ser Kris Patten. Qizlar 1920 – yildan boshlab qabul qilina boshlangan. 70 – yillardan o’g’il va qiz bolalarni ajratib o’qitish bekor qilingan. Oksford o’qituvchilar shtabi da 4 mingga yaqin o’qituvchi mavjud. Ulardan 70tasi qirollik jamiyati a’zolari, 100 tasi esa Britaniya akademiyasi a’zolari hisoblanadi. Universitetning asosiy yo’nalishlari – ijtimoiy fanlar, fizika, matematika, tibbiyot, hayot haqidagi fan.
Bo’linmalar:

  • — Qadimgi tarix;
  • — Filiologiya, lingvistika va fonetika;
  • — Qo’lyozmalar va rassomchilik san’ati;
  • — Ingliz tili va adabiyoti;
  • — O’rta asr va zamonaviy tillar;
  • — Musiqa;
  • — Teologiya;
  • — San’atlar tarixi;
  • — Tibbiyot tarixi;
  • — Antropologiya;
  • — Biokimyo;
  • — Arxeologiya;
  • — Geografiya;
  • — Botanika;
  • — Zoologiya;
  • — Matematika;
  • — Statistika;
  • — Kimyo;
  • — Geologiya;
  • — Muhandislik fani;
  • — Fizika;
  • — Anesteziya;
  • — Kardiologik tibbiyot;
  • — Klinik laboratoriya fani;
  • — Klinik tibbiyot;
  • — Klinik farmokalogiya;
  • — Genetika;
  • — Oftalmologiya;
  • — Pediatriya;
  • — Psixiatriya;
  • — Jarrohlik;
  • — Tajribaviy psixologiya;
  • — Odam anatomiyasi va genetikasi;
  • — Patologiya;
  • — Fiziologiya;
  • — Afrika;
  • — Braziliya;
  • — Zamonaviy Xitoy;
  • — Yaponiya;
  • — Rossiya va Sharqiy Yevropa;
  • — Janubiy Osiyo;
  • — Iqtisodiyot;
  • — Huquq;
  • — Menejment;
  • — Siyosat va xalqaro aloqalar;
  • — Qo’shimcha ta’lim;

Oksford faqatgina Universitetgina emas, balki dunyo bo’yicha yirik ilmiy izlanishlar olib boriladigan joy hamdir. Universitet 100dan ortiq kutubxonalar, muzeylar va o’z nashriyotiga ega. 300dan ortiq to’garaklar mavjud. Bulardan tashqari sportga ham kata e’tibor beriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!