×

Oʻqish bepul universitetlar: Aalto universiteti (Finlandiya)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

15486 marta

CHOP ETILGAN

27.09.2022

Bugun sizga Finlandiyada joylashgan va oʻqish qisman bepul boʻlgan Aalto universiteti haqida maʼlumot beramiz.

Mazkur universitetda oʻqish 3 tilda – ingliz, fin yoki shved tilida olib boriladi. Talabalar oʻqish uchun mazkur 3 tildan birini tanlashi mumkin.

Universitet 2022-yil sentabr oyi holatiga koʻra, QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 116-oʻrinni egallab turibdi.

Kontrakt masalasi

Aalto universitetida ayrim kurslar xalqaro talabalar uchun mutlaqo bepul va baʼzi kurslarda esa kontrakt summasi (tuition fee) toʻlab oʻqiladi. Quyida ularning roʻyxatini keltiramiz:

– Doktoranturada/PhD bosqichida istalgan tilda oʻqish mutlaqo bepul.
– Shved yoki fin tilidagi magistratura kurslarida oʻqish mutlaqo bepul, ingliz tilida oʻqish pullik (hozirda yiliga 15 ming yevro).
– Shved yoki fin tilidagi bakalavr kurslarida oʻqish mutlaqo bepul, ingliz tilida oʻqish pullik (hozirda yiliga 12 ming yevro).

Lekin ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavr va magistratura kurslari uchun universitetda bir qancha grantlar mavjud. Ular quyidagilar:

  • Aalto University Scholarship programme: mazkur grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt summasini toʻlashdan 50% yoki 100% ozod qilinadi. Bakalavriatga nomzodlar ham, magistraturaga nomzodlar ham oʻqishga hujjat topshirish jarayonida ushbu grantga ariza berishi mumkin.
  • Finland Scholarship programme: bu grantga faqat magistraturaga nomzodlar ariza berishi mumkin. Grant sohiblari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi (2022-yil sentabr oyi holatiga koʻra):
    – Kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.
    – Joylashib olish va boshqa xarajatlar uchun 1 martalik 5000 yevro mablagʻ beriladi.
    Ushbu grantga magistrlik dasturga hujjat topshirish jarayonida ariza berish mumkin.

Bundan tashqari, ariza topshirish mumkin boʻlgan bir qancha tashqi stipendiya va grant dasturlari ham bor. Ular haqida BU YERDA maʼlumot olishingiz mumkin (other scholarship possibilities).

Yoʻnalishlar va asosiy talablar

Bakalavriat

Hozirda bakalavriat bosqichida ingliz tilida oʻqitiladigan 8 ta yoʻnalish mavjud. Talabalar fan va texnologiyalar, dizayn, iqtisodiyot, xalqaro biznes, axborot fanlari (Data Science), kimyoviy muhandislik, hisoblash muhandisligi, raqamli tizimlar va dizayn kabi sohalar boʻyicha bakalavriatda ingliz tilida oʻqishi mumkin.

Ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat dasturlarini BU YERDAN topasiz.

Fin va shved tilida oʻqitiladigan bakalavriat dasturlari bilan SHU YERDA tanishing.

Shuningdek, bakalavriatga qabul qilinuvchilardan SAT sertifikatiga ega boʻlish talab etiladi. Bakalavriatga qabul haqidagi maʼlumotlarni BU YERDAN topasiz.

Magistratura

Magistratura bosqichida ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslari hozirda 90 ta. Ushbu dasturlarni BU YERDA koʻrishingiz mumkin.

Magistraturaga topshirayotgan talabalar bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi lozim.

Shuningdek, magistratura uchun nomzodlardan ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikat (IELTS, TOEFL va h.k.) va GRE yoki GMAT sertifikati talab etiladi.

Magistraturaga qabul jarayoni bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dokotorantura

Doktorantura bosqichi uchun universitet 6 ta yoʻnalishni taklif etadi:
Arts, Design and Architecture;
Electrical Engineering;
Business, Economics and Finance;
Engineering;
Chemical Engineering;
Science.

Doktoranturaga qabul uchun tegishli magistrlik diplomi va ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi. Qolgan talablar bilan har bir yoʻnalish sahifasiga kirib, batafsil tanishish mumkin.

Qabul qachon?

Qabul bosqichlarga qarab qish va bahor oylarida boʻladi. Qabul bilan bogʻliq aniq sanalarni universitet saytidan bilib olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!