×

Oʻqish bepul universitetlar: Berea kolleji (AQSH)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

5208 marta

CHOP ETILGAN

31.03.2022

Ushbu maqola 2022-yil mart oyi holatidagi maʼlumotlar asosida yangilangan.

Bugun AQSHda joylashgan va oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Berea kolleji (Berea College) haqda maʼlumot beramiz.

Mazkur oʻquv yurtiga 1855-yilda asos solingan boʻlib, hozirda 1600 dan ortiq talaba tahsil oladi.

Nomida “kollej” soʻzi boʻlgani uchun Oʻzbekistondagidek kollej deb oʻylamang, tagʻin. AQSHda oliy taʼlim muassasalari ham kollej deb ataladi.

Berea kollejidagi imkoniyatlar quyidagicha:

  • Kollejga qabul qilingan barcha talabaning taʼlim puli (tuition fee) butun oʻqish muddati davomida 100% qoplab beriladi.
  • Xorijiy talaba birinchi yili tekin turar joy va oziq-ovqat xarajatlari bilan ham ta’minlanadi. Biroq ikkinchi yildan boshlab bu ta’minotdan ba’zilari (oziq-ovqat xarajatlari) toʻxtatiladi va shu sababli, talaba keyingi yillarda oʻz xarajati uchun yiliga oʻrtacha 1000 AQSH dollari atrofida sarflashiga toʻgʻri kelishi mumkin.
  • Xorijiy talabalar, albatta, haq toʻlanadigan ish bilan ta’minlanadi. Ishlarni tashkillashtirish bilan kollej ma’muriyati shugʻullanadi. Har bir talaba haftasiga kamida 10 soat kollej tomonidan tashkillashtirilgan ishlarda ishlashi lozim. Odatda talabalar haftasiga 15-20 soatdan ishlashadi va bir akademik yilda oʻrtacha 2000 AQSh dollari ishlab topadi. Yozgi ta’til davomida ham talaba kollejda qolishi va ishlashi mumkin. Yozgi ta’tilda talabalar haftasiga 40 soatgacha ishlay oladilar.

Berea kollejida faqatgina bakalavriat dasturlari mavjud, magistratura va undan keyingi bosqichlar mavjud emas.

Xalqaro talabalardan hujjatlarni qabul qilish oʻqish boshlanuvchi yildan bir yil oldin oktabr-noyabr oylarida boshlanadi va odatda 30-noyabrda yakunlanadi (qabul muddatlari qabul yiliga qarab bir oz farq qilishi mumkin).

Arizalar onlayn shaklda topshiriladi.

Qabul jarayonida nomzodlardan quyidagi til sertifikatlaridan biri talab etiladi:
– IELTS – kamida 6 ball va hech bir boʻlim 5 dan past boʻlmasligi kerak;
– TOEFL: kamida 520 (paper-based); 190 (computer-based); 68 (internet-based)

Shuningdek, ACT yoki SAT I sertifikatlariga ega boʻlish ham xalqaro nomzodga ustunlik berishi mumkin (lekin bular majburiy emas).

Oʻqishga qabul qilingan talabalar 50 AQSH dollari miqdorida Entrance Fee (kirish badali) toʻlashi lozim. Bu pul talabaga qaytarilmaydi.

Shuningdek, oʻqishga kirgach, talaba 2200 AQSH dollari miqdoridagi summani depozit sifatida qoʻyishi lozim. Bu pul toʻliq talabaning oʻz puli hisoblanadi va talaba bu mablagʻni 4 yillik oʻqish davomida turli xarajatlarga ishlatishi mumkin.

Kollejga, odatda, jar yili 30 nafar xorijiy talaba qabul qilinadi.

Kollejdagi barcha darslar ingliz tilida boʻladi. Berea kollejida 60 ga yaqin yoʻnalish mavjud boʻlib, ular bilan SHU YERDA tanishish mumkin.

Koʻp beriladigan savollar va ularga javoblar – SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!