×

Oʻqish bepul universitetlar – Bergen universiteti (University of Bergen)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

3453 marta

CHOP ETILGAN

12.03.2020

Manba: Maqsud Salomov

Bergen universiteti Norvegiyaning Bergen shahrida joylashgan boʻlib, hozirda ushbu oliygohda taxminan 17 ming talaba tahsil oladi.

Mazkur universitet Norvegiyada davlat universiteti hisoblanadi va bu oliygohning bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham butunlay bepul.

Biroq talabalardan har semestrda bir marta Talabalar farovonligi taʼminlash tashkilot badalini toʻlash talab etiladi. Bu summa 2020-yil holatiga koʻra semestriga 590 NOK (taxminan 61 AQSH dollari)ni tashkil etadi. Universitetda bundan boshqa toʻlov mavjud emas.

Bergen universitetida magistrlik dasturlari norveg va ingliz tillarida olib oʻqitiladi. Ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik yoʻnalishlari bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Magistrlik dasturlariga hujjatlar har yili 3-noyabrdan 1-dekabrgacha Søknadsweb portali orqali onlayn tarzda topshiriladi.

Ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik dasturlarga qabul qilinish uchun nomzodlardan quyidagi til sertifikatlaridan biri talab etiladi:
– IELTS – minimum 6.5 ball;
– TOEFL (iBT) – minimum 90 ball;
– PTE – minimum 62 ball.

Magistraturaga qabul boʻyicha boshqa barcha talablar va maʼlumotlar bilan SHU YERDA tanishing.

Bergen universitetiga qabul qilinish shartlaridan yana biri – Norvegiyada hayot kechirishingiz uchun yetarli mablagʻga ega boʻlishingizni isbotlovchi hujjat hisoblanadi. Bunday hujjat oʻqishga kirgandan keyin viza berilishida ham kerak boʻladi. Ushbu hujjat sizning Norvegiyada hayot kechirishingiz uchun 121 220 NOK (taxminan 12500 AQSH dollari)ga ega ekanligingizni tasdiqlashi lozim (2020-yil holatiga koʻra).

Mablagʻ haqidagi hujjat sifatida quyidagilardan biri boʻlishi taqdim etilishi kerak:
– Hisobingizda shuncha mablagʻ borligi haqidagi bank maʼlumotnomasi (Bank Statement);
– Homiylik xati va homiylik qiluvchining hisobi haqida bank maʼlumotnomasi (Bank Statement);
– Oʻz davlatingizdan beriluvchi grant, stipendiya yoki taʼlim kreditini tasdiqlovchi hujjat.

Mablagʻ bilan bogʻliq talab va yuqorida sanalgan hujjatlar bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Biroq universitetdagi bakalavrlik dasturlari faqat norveg tilida olib boriladi (ingliz tilidagi bakalavriat dasturlari yoʻq) va bakalavriatda oʻqishni xohlovchilardan norveg tilini bilish talab qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!