×

Oʻqish bepul universitetlar – Berlin bepul universiteti (Freie Universität Berlin)


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

13383 marta

CHOP ETILGAN

11.03.2020

Xalqaro talabalari bepul tahsil olishi mumkin boʻlgan universitetlardan biri Germaniyada joylashgan Berlin bepul universiteti (Freie Universität Berlin) hisoblanadi.

1948-yilda tashkil topgan mazkur universitetda 32 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygihlaridan biridir, jumladan, 2024-yilgi holatga koʻra, QS reytingi boʻyicha dunyodagi TOP universitetlar roʻyxatida 98-oʻrinda turibdi.

Mazkur universitetda, bakalavrdan keyingi bosqichdagi ayrim kurslardan tashqari, barcha kurslarda oʻqish bepul.

Talabalar taʼlim pulini toʻlamaydi, lekin har semestrda toʻlanishi kerak boʻlgan kichik miqdordagi maʼlum badal va toʻlovlar mavjud. Masalan, 2024-yilning yozgi semestri uchun har ushbu oliygohda oʻqiyotgan har bir talaba 295,49 yevrodan 312,89 yevrogacha (taxminan 4 million 230 ming soʻmdan 4 million 280 ming soʻmgacha) toʻlashi kerak. Bundan boshqa toʻlov yoʻq.

Ushbu toʻlov talabalar birlashmasi badali, transport chiptalari uchun badal, roʻyxatdan oʻtish haqi, ijtimoiy fond badali, talabalarga xizmat koʻrsatish markazi uchun badal kabilarni oʻz ichiga oladi. Mazkur oliygoh talabalariga bir yilda 120 kun ishlashga qonunan ruxsat etiladi.

Universitetda mavjud yoʻnalishlar juda koʻp. Biroq bakalavriat bosqichidagi yoʻnalishlarning deyarli barchasi nemis tilida oʻqitiladi (ingliz tilidagi yoʻnalishlar ham bor, lekin kam). Bakalavriatdan boshqa bosqichlarda ingliz tilida oʻqitiluvchi dasturlar va sohalar anchagina.

Quyida universitetda mavjud sohalar bilan tanishishingiz mumkin:

Magistratura va bakalavriat bosqichlarida ingliz tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar roʻyxati bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar nomzoddan nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (sertifikat); ingliz tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar esa ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (sertifikat) talab etadi.

Qabul odatda yiliga ikki marta amalga oshiriladi (baʼzi bosqichlarda 3 marta).

Magistraturada qishki semestrdan boshlab oʻqish uchun arizalar aprel-may oylarida; yozgi semestrdan boshlab oʻqish uchun yanvar-fevral oylarida qabul qilinadi.

Bakalavriatda qishki semestrdan boshlab oʻqish uchun arizalar iyun-iyul oylarida; yozgi semestrdan boshlab oʻqish uchun dekabr-yanvar oylarida qabul qilinadi.

Xalqaro talabalarning Berlin bepul universitetiga qabul jarayoni, dasturlar va boshqa maʼlumotlar bilan SHU YERDA toʻliq tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!