×

Oʻqish bepul universitetlar: Curtis Institute of Music (AQSH)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

3613 marta

CHOP ETILGAN

23.08.2022

Maqola 2022-yil avgust oyidagi maʼlumotlar asosida tayyorlangan.

Dunyoda oʻqish bepul boʻlgan bir qancha oliygohlar bor. Bugun shulardan biri – AQSHda joylashgan va musiqa sohasiga ixtisoslashgan Curtis Institute of Music haqida maʼlumot beramiz.

Xarajatlar

  • Mazkur oliygohga qabul qilingan barcha talabalar – bakalavrlar ham, magistrlar ham va boshqa kurs talabalari ham kontrakt (tuition fee) toʻlamaydi. Qabul qilingan barcha talabalarning kontrakt summasi 100% qoplab beriladi.
  • Lekin barcha talabalar oliygohdagi kitoblar va boshqa oʻquv materiallari uchun 1750 AQSH dollari miqdoridagi toʻlovni (Comprehensive Fee) amalga oshirishi kerak.
  • Shuningdek, talabaning moliyaviy holatidan kelib chiqib, yashash xarajatlari uchun koʻrsatiladigan moliyaviy yordam turlari ham bor (Need-based financial aid). Bunday yordamning 2 xil turi bor:
    1) Xayriya mablagʻlari evaziga qilinadigan yordam. Bunday yordamni olish uchun alohida ariza toʻldiriladi va talabalarning moliyaviy holatiga qarab, yashash xarajatlari uchun unga mablagʻ ajratiladi. 2020-2021-yilgi oʻquv yilida talabalarning 92 foizi muayyan miqdorda ushbu moliyaviy yordamni olgan.
    2) Talabaning moliyaviy holatiga qarab universitet tomonidan qilinadigan moliyaviy yordam choralari. Bu yordam talabaga universitet kampusida ishlash imkoniyatini va grant mablagʻlarini taqdim etadi. Talabalar kampusda ishlashi va maʼlum mablagʻ ishlab topishi mumkin. Bundan tashqari, talabalarga oylik stipendiya yoki boshqa koʻrinishda grant mablagʻlari ham taqdim etilishi mumkin. biroq grant mablagʻlari har yili berilishi uchun talabaning oʻzlashtirish darajasi va ijodkorlik faoliyati sifati talab darajasida boʻlishi lozim.

Talablar

Bakalavriat, magistratura, diplom kurslari va boshqa dasturlarda nomzod uchun qoʻyilgan alohida talablar mavjud.

Bakalavriat uchun xorijlik talabalar quyidagi koʻrsatkichlarga ega boʻlishi kerak:

  • SAT sertifikatiga ega boʻlish (Critical Reasoning 500);
  • TOEFL sertifikat: 550 (yozma imtihon) yoki TOEFL iBT: 79-80.

Magistratura uchun:

  • Musiqa sohasidagi bakalavrlik diplomi yoki unga teng daraja;
  • TOEFL iBT: 79-80.

Curtis Institute of Music IELTS sertifikatini qabul qilmaydi. Faqat TOEFL qabul qilinadi.

Qolgan talablar bilan BU YERDA tanishing.

Qabul jarayoni

Qabul jarayoni va topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlar bilan BU YERDA tanishing.

Yoʻnalishlar

Oliygohda Pianino, Organ, Torli musiqa asboblari, Gitara, Musiqa yozish kabi koʻplab yoʻnalishlar mavjud. Barcha yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.

Ariza toʻlovi

Mazkur oliygohga ariza topshirish pulli. 2020-yil holatiga koʻra, nomzodlar ariza topshirish uchun 150 dollar toʻlov qilishi kerak.

Shuningdek, keyingi bosqichga oʻtganlarni saralash uchun ham turli badallar undiriladi. Ular bilan toʻliq tanishish uchun BU YERGA kirib, koʻp beriladigan savollar boʻlimidan “How much does the application process cost?” savoliga javobni oʻqib chiqing.

Qabul qachon?

Arizalar odatda oktabr yoki noyabr oyidan boshlab qabul qilinadi va dekabr oʻrtalarida yakunlanadi. Qabul va saralash bilan bogʻliq sanalar bilan BU YERDA (Key Dates) tanishing.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!