×

Oʻqish bepul universitetlar – Gamburg universiteti (Universität Hamburg)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

20262 marta

CHOP ETILGAN

16.05.2024

Maqola 2024-yil may oyidagi maʼlumotlar asosida yangilangan.

Germaniyaning Gamburg shahrida joylashgan Gamburg universitetiga 1919-yil asos solingan boʻlib, hozirda mazkur oliygohda 50 mingga yaqin talaba tahsil oladi.

Gamburg universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Junmladan,  2024-yil may oyi holatiga koʻra, dunyoning 136-oʻrinni band qilib turibdi (THE reytingi boʻyicha).

Xarajatlar

  • Ushbu universitetda taʼlim haqi (Tuition Fee) toʻlanmaydi, yaʼni oʻqish bepul (faqat ayrim yoʻnalishlardagina taʼlim haqi mavjud).
  • Biroq talabalar har semestrda 332 yevro (2024-yil holatiga koʻra) semestr badali toʻlashi kerak. Bu badal ichiga 1 semestr davomida jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta narxi ham kiradi.

Gamburg universitetidagi deyarli barcha bakalavriat dasturlari nemis tilida olib boriladi, faqat bir nechta dasturlarda oʻqish uchun ham nemis, ham ingliz tilini bilish talanb etiladi. Shu sababli, ushbu universitetning bakalavrlik bosqichida oʻqimoqchi boʻlganlar nemis tilini bilishi va qabul jarayonida nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikat taqdim qilishi lozim. Bakalavriat uchun nemis tiliga qoʻyilgan talablar bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Bakalavriatga oid maʼlumotlar:
hujjat topshirish jarayoni haqida;
bakalavriat yoʻnalishlari roʻyxati.

Magistratura bosqichida nemis tilida oʻqitiladigan dasturlar ham, ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar ham mavjud. Ayrim dasturlarda oʻqish uchun esa har ikkala tilni bilish talab etiladi. Ingliz tilida oʻqish mumkin boʻlgan magistrlik kurslarini SHU YERDAN koʻrib olishingiz mumkin.

Nemis tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslari uchun kerakli til sertifikatlari va ularga qoʻyilgan talablar bilan SHU YERDA tanishing.

Ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslari uchun ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL) topshirilishi lozim. Til sertifikati ballariga qoʻyilgan talab yoʻnalishga qarab farq qiladi (yoʻnalishga qarab IELTS 6.0 yoki 6.5 yoxud 7.0 talab etilishi mumkin). Til darajasiga qoʻyilgan talabni aniq bilib olish uchun kerakli dasturni tanlab, so’ng dastur talablari bilan tanishib chiqish lozim.

Hujjatlar qabuli odatda qishki semestrdan oʻqishni boshlash uchun 1-iyundan 15-iyulgacha (ingliz tilidagi magistrlik dasturlari uchun 15-fevraldan 31-martgacha); yozgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun esa 1-dekabrdan 15-yanvargacha davom etadi (barcha bosqichlar uchun). Ayrim magistrlik dasturlarida hujjat qabul qilish muddatlari farq qiladi. Qabul muddatlari haqida batafsil SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!