×

Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Erlangen-Nyurenberg universiteti (FAU)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

5328 marta

CHOP ETILGAN

24.04.2024

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi universitet – Germaniyada (Bavariya) joylashgan Erlangen-Nyurenberg universiteti (FAU) haqida maʼlumot beramiz (nemischa toʻliq nomi: Friedrich-Alexander-Universität Erlangen-Nürnberg).

1743-yilda tashkil topgan mazkur davlat universiteti 2024-yil aprel oyi holatiga koʻra, QS reytingi boʻyicha dunyoning eng yaxshi universitetlari roʻyxatida 229-oʻrinni egallab turibdi. Hozirda bu oliygohda 39 mingga yaqin talaba tahsil oladi.

Xarajatlar

– FAUda deyarli barcha kurslarda (bakalavriat, magistratura, doktorantura va hk) oʻqish bepul, yaʼni talabalardan kontrakt summasi (tuition fee) undirilmaydi. Faqat 2 xil dasturlarda oʻqish uchun kontrakt summasi toʻlanadi, bular:

  1. Kasbiy rivojlanish boʻyicha daraja dasturlari.
  2. Ishlayotgan professionallar uchun daraja dasturlari.

– Biroq talabalar har semestrda 67 yevro badal toʻlashi kerak (2024-yil aprel oyi holatiga koʻra; summa keyingi yillarda biroz o’zgarishi mumkin).

Bakalavriat

Deyarli barcha bakalavrlik kurslari nemis tilini bilishni talab qiladi. Ayrim bakalavrlik kurslari nemis tilidan tashqari yana 1 yoki 2 ta xorijiy tilni (ingliz, lotin yoki fransuz ) bilishni ham talab etadi.

👉 Bakalavriat kurslari
👉 Bakalavriat uchun umumiy til talablari

3 ta bakalavrlik kursi toʻliq ingliz tilida oʻtiladi (til talabi ingliz tilidan B2 daraja):

Magistratura

Magistratura kurslarini 4 turga ajratish mumkin:

  1. Toʻliq ingliz tilida oʻqitiladigan kurslar.
  2. Qisman ingliz tilida oʻqitiladigan kurslar. Bunda qabul uchun inglizchadan boshqa bir tilni (nemis, arab, yapon yoki boshqa) bilish ham talab etiladi.
  3. Asosan xorijiy tilda oʻqitiladigan kurslar (fransuz, ispan yoki boshqa) .
  4. Nemis tilida oʻqitiladigan kurslar.

Barcha magistrlik kurslari, jumladan, faqat nemis tilida oʻqitiladigan kurslar roʻyxatini BU YERDAN topasiz (Overview of all FAU master’s degree programmes).

Magistrlik kurslari uchun til talablari dasturga qarab turlicha. Masalan, ingliz tilida oʻqitiladigan kurslarning ayrimlarida ingliz tilidan B2, ayrimlarida C1 daraja talab etiladi.

Har bir dastur uchun belgilangan til talablari yuqorida keltirilgan barcha magistrlik kurslari roʻyxatida koʻrsatilgan.

Doktorantura

FAUda doktorlik darajalarining quyidagi turlari mavjud:
1. Individual doctoral degree.
2. Structured doctoral programmes
3. Cooperative doctoral degrees.
4. External doctoral degree.

Doktoranturada oʻqishni boshlamoqchi boʻlganlar, avvalo, FAU fakultetlari saytlariga kirib, oʻzi uchun potensial ilmiy rahbar (supervisor) topishi kerak.

Ilmiy rahbar topilgach, nomzod oʻzi va doktorlik loyihasini roʻyxatdan oʻtkazadi. Soʻng kerakli hujjatlarni topshiradi. Doktoranturaga qabul haqida batafsil BU YERDA oʻqing.

Doktorantura uchun aniq til talablari koʻrsatilmagan. Lekin nomzod qaysi tilda oʻqimoqchi boʻlsa, oʻsha tilni ilmiy ishini olib borish darajasida bilishi lozim.

Boshqa kurslar

Oliygohda mavjud boshqa barcha darajalar va kurslar bilan BU YERDA tanishiing.

Qabul sanalari

Bakalavriatga qabul har yili odatda qishki semestr uchun 15-iyulgacha, yozgi semestr uchun 15-yanvargacha davom etadi.

Magistraturaga qabul, kurslarga qarab, har yili fevralning boshida yoki aprelning boshida boshlanadi. Qabulning tugash sanasi esa yoʻnalishga qarab juda farq qiladi. Tugash sanalari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Doktoranturaga yil davomida ilmiy rahbar topib, hujjat topshirish mumkin.

Xalqaro talabalar (bakalavr, magistratura va hk) uchun qabul jarayoni, talablari, sanalari va boshqa maʼlumotlari bilan BU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!