×

Oʻqish bepul universitetlar: KAUST (Saudiya Arabistoni)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

12856 marta

CHOP ETILGAN

16.03.2022

Bugun oʻqish bepul bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Saudiya Arabistonida joylashgan King Abdullah University of Science and Technology (KAUST) haqida maʼlumot beramiz.

2009-yilda tashkil etilgan mazkur oliygoh faqat magistratura va PhD dasturlarini taklif etadi, bakalavriat dasturlari mavjud emas. Oʻqish/tadqiqot ingliz tilida olib boriladi.

Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2022-yil holatiga koʻra, KAUST dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 201-300-oʻrinni egallab turibdi (ARWU reytingi boʻyicha).

Imtiyozlar

KAUSTga qabul qilingan barcha talabaga avtomatik tarzda KAUST Fellowship granti taqdim etiladi.

Mazkur grant talabalarni quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlaydi:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yiliga 20 000 AQSH dollaridan 30 000 AQSH dollarigacha stipendiya beriladi.
– Turar joy bilan ta’minlanadi.
– Tibbiy va tish sugʻurtasi qoplab beriladi..
– Saudiya Arabistoniga borish va joylashish masalalarida ham yordam koʻrsatiladi.

Yoʻnalishlar

KAUSTda 20 ga yaqin yoʻnalish mavjud. Yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.

Qabul

Qabulning soʻngi kuni (deadline) uchun aniq sana belgilanmagan. Qabul har yili muayyan dasturga yetarlicha talaba qabul qilunguniga qadar yoki dastur boshlanguniga qadar davom etadi. Jumladan, hozirda (2022-yil 16-mart) 2022-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun arizalar qabul qiliinmoqda.

Nomzodlar magistratura yoki PhD dasturiga ariza berishda quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak boʻladi:

– Magistraturaga hujjat topshirayotganlar – bakalavrlik diplomi, Ph.D ga hujjat topshirayotganlar – bakalavrlik yoki magistrlik diplomi.
– Diplom ilovasi (baholar).
– Motivatsiya xati.
– CV/resume.
– 3 ta tavsiyanoma.
– Til sertifikati (IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 79).

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!