×

Oʻqish bepul universitetlar: MLU (Germaniya)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

15442 marta

CHOP ETILGAN

20.03.2024

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Germaniyaning Halle shahrida joylashgan Martin Luther University of Halle-Wittenberg (MLU) haqida maʼlumot beramiz.

1502-yil tashkil etilgan mazkur oliygohda hozirda 19 300 dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2024-yil mart oyi holatida, MLU QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 611-620-oʻrinni egallab turibdi.

Xarajatlar

  • Mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham universitetda oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.
  • Biroq talabalar har bir semestr uchun 56,1 yevro (taxminan 61 AQSH dollari) miqdorida semestr badali toʻlashi kerak.
  • Shuningdek, har bir semestr uchun 60 yevro (taxminan 65 dollar) transport chiptasi uchun toʻlov qilinadi. Bu chipta talabaga shahardagi jamoat transportlaridan 1 semestr davomida bepul foydalanish imkonini beradi.

Universitetda oʻqish uchun bundan boshqa xarajatlar mavjud emas.

Yoʻnalishlar

Universitetda aksariyat yoʻnalishlar (kurslar) nemis tilida oʻqitiladi.

Biroq ingliz tilida oʻqitiladigan bir nechta yoʻnalishlar mavjud. Ular quyidagilar:

Bakalavriatda faqat 1 ta:

Magistraturada 5 ta:

Nemis tilida oʻqitiladigan kurslar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Talablar

Ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat kursi uchun kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 72 talab etiladi.

Ingliz tilidagi magistrlik kurslarining ayrimlari uchun IELTS 6.0, baʼzilari uchun 6.5 talab etiladi. Aniq til talabini kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirib, koʻrib olish mumkin.

Nemis tilidagi kurslar uchun esa nemis tilini sertifikati topshirish lozim (yoʻnalish va bosqichlariga qarab, nemis tilini B2, C1 yoki boshqa daraja talab etilishi mumkin).

Qolgan barcha talablar bilan kerakli kurs sahifasiga kirib, tanishib olishingiz mumkin.

Qabul

Bakalavriat bosqichi uchun 2024-yil qishki semestriga qabul 2024-yil 15-iyulgacha davom etadi.

Magistratura kurslarining aksariyati uchun hujjatlar 2024-yil 15-iyungacha qabul qilinadi (qishki semestr uchun). Biroq baʼzi yoʻnalishlar uchun qabul sanasi farq qiladi. Qabul sanasini aniq bilib olish uchun kerakli magistrlik kursining sahifasiga tashrif buyuring.

Bakalavriat va magistraturada yozgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun arizalar har yili mos ravishda 15-yanvar va 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Mazkur universitetga toʻgʻridan-toʻgʻri hujjat topshirib boʻlmaydi. Universitetga kirmoqchi boʻlganlar Germaniyadagi Uni-assist tizimi orqali hujjatlarini topshirishi lozim. Qabul haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!