×

Oʻqish bepul universitetlar: Nord universiteti (Norvegiya)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

15524 marta

CHOP ETILGAN

20.09.2022

Maqola 2022-yil sentabr oyidagi maʼlumotlar asosida yangilanlangan.

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi universitet – Norvegiyadagi Nord universiteti haqida maʼlumot beramiz.

Mazkur universitet norveg yoki ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarini taklif etadi. Biz asosan ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarni koʻrib chiqamiz.

Xarajatlar

  • Nord universiteti davlat tomonidan moliyalashtirilgan oliygoh boʻlib, unga qabul qilingan talabalar (bakalavrlar ham, magistrlar ham, doktorantlar ham) kontrakt puli (tuition fee) toʻlamaydi. Yaʼni oʻqish – bepul.
  • Lekin talabalar har semestrda semestr toʻlovi (Semestr fee) toʻlashi kerak. Bu toʻlovning miqdori bir semestr uchun 815 NOK (taxminan 80 AQSH dollari). Demak, mazkur universitetda oʻqish uchun yiliga atigi 166 AQSH dollari toʻlashingiz kerak boʻladi.
  • Universitetga hujjat topshirish bepul.
  • Lekin oʻqishga qabul qilinishi va viza berilishi uchun talaba Norvegiyada bir yil yashash uchun yetarli mablagʻga egaligi haqida hujjat (bank statement yoki boshqa muqobil hujjat) taqdim etishi kerak. Bu mablagʻ 2021-2022-oʻquv yili holatiga koʻra, 128 887 NOK (taxminan 12 630 AQSH dollari)ni tashkil qiladi. Mazkur summa keyingi yillarda bir oz kamayishi yoki oshishi mumkin.

Ingliz tilida oʻqish uchun yoʻnalishlar

Bakalavr bosqichi uchun ingliz tilida quyidagi yoʻnalishlar bor (oʻqish 3 yillik):
Biology;
English;
Film and TV Production;
Games and Entertainment Technology;
Circumpolar and Nordic Studies;
3D Art, Animation and VFX.

Magistratura uchun ingliz tilidagi yoʻnalishlar (oʻqish 2 yillik):
Business;
Biosciences;
Global Management;
Sustainable Production and Utilization of Marine Bioresources.

Doktorantura uchun ingliz tilidagi yoʻnalishlar (oʻqish 3 yillik):
PhD Aquatic Biosciences;
PhD in Business;
PhD in the study of professional praxis;
PhD in Sociology.

Oʻqish uchun ariza va hujjatlar barcha bosqichlarda har yili 1-noyabrdan 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Shuningdek, ingliz tilida oʻqitiladigan boshqa kurslar (norveg tili kurslari, yagona kurslar va hk) ham mavjud. Universitetda ingliz tilida oʻqitiladigan barcha turdagi kurslarni BU YERDAN topasiz.

Talablar

Nomzod ingliz tilida tahsil olishi uchun til talablariga javob berishi kerak. Til talablari quyidagicha:

  • Bakalavriat uchun TOEFL (yozma testda kamida 500 ball yoki onlayn testda 60 ball boʻlishi kerak) yoki IELTS (kamida 5.0) sertifikati topshirilishi kerak. Boshqa talablar, qabul jarayoni va hujjatlar haqida BU YERDA batafsil tanishing.
  • Magistratura uchun TOEFL (yozma testda kamida 580 ball yoki onlayn testda 90 ball boʻlishi kerak) yoki IELTS (kamida 6.5) sertifikati topshirilishi kerak. Boshqa talablar, qabul jarayoni va hujjatlar haqida BU YERDA batafsil tanishing.
  • Doktorantura uchun aniq til talablari belgilanmagan. Lekin nomzod tadqiqot olib borish va oʻrganish uchun yetarli darajada til bilishi lozim. Boshqa talablar, qabul jarayoni va hujjatlar haqida BU YERDA batafsil tanishing.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!