Maqola universitetda sizga taʼlim berayotgan ustozda qanday qilib ijobiy tassurot qoldirishga bagʻishlangan.
Diqqat, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sizni ustozingizning “sevimli” talabalaridan biriga aylantirishi aniq.
Universitetda, albatta, dastlabki eʼtibor guruhdoshlar bilash chiqishib, kelishib oʻqishga beriladi. Ammo, bu masalaning faqat bitta tarafi. Jarayonning samarali kechishi, ayniqsa, yaxshi mutaxassis boʻlib yetishishda sizga oʻqituvchilarning eʼtibori va maslahatlari juda kerak boʻladi.
Bu bilan ustoz qidirishni kattagina sovgʻa bilan boshlash kerak, demoqchi emasmiz. Oʻqituvchilarga, avvalo, sizning qiziqishingiz, sohaga boʻlgan munosabatingiz, savollar bera olishingiz kerak. Agar bularga qoʻshimcha tarzda, oʻzingizga nima kerakligini aniq bilsangiz, nur ustiga nur boʻladi.
Masalan, ACS International Schools taklifiga koʻra qabul komissiyasi aʼzolari oʻrtasida tashkil etilgan soʻrovnoma natijalari oʻqituvchi talabalarda quyidagi uchta jihatni koʻrishni istashini taʼkidlaydi:
- Oʻqishga ijobiy munosabatning mavjudligi – 98%.
- Tanlangan fanga qiziqishning yuqoriligi – 97%.
- Mustaqil fikrlash va ishlashni isbotlay olish– 91%.
Oʻqituvchingizda yaxshi taasurot qoldirish boʻyicha ijobiy qadamlar
Seminar mashgʻulotiga oʻqish uchun berilgan adabiyotlar roʻyxatidan hech boʻlmasa bitta savolga toʻliq javob va oʻz fikringizni bildirishga ishonch bilan kiring. Guruhda qanchalik koʻp muhokama boʻlsa, shuncha yaxshi.
Savol va fikr tayyorlash uchun materialni oʻqib-oʻrganish kerak. Oʻzingizga kerakli xulosalarni belgilab boring. Siz turli qatlam, maktab va davlatlardan kelgan odamlar bilan birga oʻqiyapsiz, belgilashning eng qulay variantini bilmoqchi boʻlsangiz – ulardan soʻrang. Balki, ularning usuli siznikidan yaxshiroqdir. Yana bir gap: bu holat tanishlarni mushtlashuv yoki ichkilik ustida orttirgandan koʻra ancha foydali.
Universitetlar esa talabada quyidagi sifatlarni koʻrishni istaydi:
- Oʻtkir aql – 90%.
- Yozma ravishda fikrni yaxshi ifodalash – 90%.
- Guruh boʻlib ishlashda yaxshi natija koʻrsatish – 73%.
Umuman olganda, oʻtkir aql sohibi boʻlish oʻz ustingizda mustaqil ishlash uchun zarur jihat. Shu bilan birga aqllilik oʻqituvchida ijobiy simpatiya uygʻotadi va universitet hayotining tashabbus va ishtirok kabi muhim jarayonlarida asqotadi.
Mustaqil fikrlash oʻz vaqtini toʻgʻri taqsimlash, kerakli savollarni bera olish va mulohazalarini himoya qilish imkonini beradi. Guruhdoshlaringizdan vaqtni toʻgʻri taqsimlash boʻyicha tajribalari bilan oʻrtoqlashishlarini soʻrang. Oʻz vaqtida mukammal bajarilgan esse ham oʻqituvchining sizga nisbatan ijobiy munosabatda boʻlishini taʼminlaydi.
Universitetda oʻqishni boshlash – yangi davrga qadam qoʻyish. Maktabdagi faoliyatingiz bilan oʻzingizni cheklamang. Yangi tajribalar, murakkab tadqiqotlar qilib koʻring: katta guruhlarga qoʻshilish ham oʻzingizga oʻxshagan odamlarni topishga sabab boʻladi.
Oʻzingizga yoqadigan guruhga aʼzo boʻlganingizda esa, uning faoliyatida ishtirok eting. Masalan, turli tadbirlar oʻtkazish kabi. Albatta, bu jarayonda kerakli tajriba orttirishni boshlaysiz.
Universitetlar talabalar guruhlarga birlashib jamiyat hayotida qatnashishlari tarafdori. Shu orqali odamlar bir-birlariga va nihoyat, oʻzlariga ham yordam bera boshlaydilar.