×

Maktab oʻqituvchilari uchun “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi boʻyicha tanlov


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1895 marta

CHOP ETILGAN

06.04.2023

Markaziy bank “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi boʻyicha oʻqituvchilar uchun tanlov eʼlon qildi.

Tanlov oʻqituvchilarning moliyaviy madaniyatini rivojlantirish va maktab oʻquvchilarining moliyaviy va raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.

Tanlov ishi 2023-yil 30-aprelga qadar oʻtkazilgan dars ishlanmasi videoroligi (20 daqiqagacha) va metodik ishlanmasi shaklida qabul qilinadi.

Tanlovning oʻquv fanlari cheklanmagan. Moliyaviy savodxonlik boʻyicha darslar 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilishi mumkin.

Mukofotlar

Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bankning qimmatbaho sovgʻalarini qoʻlga kiritadilar:

  • 1 oʻrin – monoblok
  • 2 oʻrin – noutbuk
  • 3 oʻrin – smartfon

Tanlov hayʼati tomonidan taʼlim darslarini baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

  • oʻquv fanlari negizida moliyaviy savodxonlik komponenti joriy etilganlik darajasi;
  • darsni oʻtkazishda ijodiy yondashuv (moliyaviy savodxonlikning bir nechta mavzularini birlashtirish – moliyaviy xavfsizlik, jamgʻarma madaniyati, raqamli moliyaviy savodxonlik, moliyaviy rejalashtirish);
  • darslarni oʻtkazishda interaktiv elementlarni “edutainment” formatida kiritish;
  • Finlit.uz moliyaviy savodxonlik boʻyicha Markaziy bank oʻquv materiallaridan foydalanish.

Qabul jarayoni

Arizalar 2023-yil 30-aprel 16:00 gacha qabul qilinadi. Ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga (elektron pochta mavzusida “Global Money Week 2023 eng yaxshi dars tanlovi” deb koʻrsatib oʻtish shart) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov koʻchasi, 6 pochta manziliga), hududiy Bosh boshqarmalari orqali yuborishi yoki shaxsan elektron xotirada Markaziy bank binosiga taqdim etilishi soʻraladi.

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan avval tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Tanlov haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun (71) 212-73-58 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!