×

Orol Mintaqasi Jahon Jamgʻarmasidan ekologiya sohasi volontyorlari uchun loyiha ishlab chiqish va grantlarga hujjat topshirish boʻyicha bepul trening


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2802 marta

CHOP ETILGAN

20.07.2022

Jamgʻarma haqida

Orol Mintaqasi Jahon Jamgʻarmasi (WARC) – Yevroosiya va AQSHdagi yosh ekologik volontyorlarni birlashtiruvchi xayriya loyihalarini qoʻllab-quvvatlovchi tashkilotdir.

Jamgʻarmaning asosiy vazifasi – mahalliy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va AQSHda Orol dengizi inqirozi haqida xabarforlikni oshirish orqali Orol dengizi mintaqasi uchun ekologik, iqtisodiy va madaniy yordam koʻrsatishdir. Oxirgi 2 yil davomida Jamgʻarma butun Yevroosiyadagi ekologik faollarni birlashtirish boʻyicha harakatlarini kengaytirib bormoqda.

Jamgʻarma har yili amerikalik va oʻzbekistonlik talabalar uchun Orolboʻyiga sayohatlar tashkil qiladi.

Ekologik volontyorlar uchun trening

Ushbu jamgʻarma volontyorlar uchun turli loyihalarni ishlab chiqish va shu loyihalarni amalga oshirish uchun grantlarga hujjat topshirishni oʻrgatuvchi trening tashkil qilmoqda.

Ushbu trening 1 hafta (2022-yil 11-18-avgust) mobaynida davom etadi va unda ishtirok etish bepul.

Trening davomida Jamgʻarmaning tajribali xodimlari oʻz tajribasi bilan boʻlishadi, loyihalarni ishlab chiqish va turli grantlarga hujjat topshirish haqida bilim beradi.

Jamgʻarma Orol inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan volontyorlik loyihalari uchun turli xayriya tashkilotlaridan grantlar olish ishlariga koʻmaklashadi. Avvalgi loyihalar uchun hozirgacha jami 80 ming AQSH dollariga teng xayriya mablagʻlari jalb qilingan.

Ushbu treningda qatnashmoqchi boʻlganlar BU YERDA roʻyxatdan oʻtishi lozim.

Savollar yuzasidan aralregionfund@gmail.com elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!