×

Osaka University (Yaponiya): oʻqish, stipendiya, viza va yashash


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

7318 marta

CHOP ETILGAN

29.11.2018

Qisqacha:

  • Qachon asos solingan: 1869-yilda;
  • Universitet maqomi berilgan: 1931-yilda;
  • Ta’lim tili: yapon, ingliz;
  • Rasmiy sayt: https://www.osaka-u.ac.jp;
  • Qayerda joylashgan: 1-1 Yamadaoka, Suita, Osaka Prefecture 565-0871, Yaponiya. Telefon: 81-6-6877-5111.

Nima uchun Osaka University ?

Osaka University Yaponiyaning eng yirik universitetlaridan biri boʻlib, 1869-yilda asos solingan. Universitet ijtimoiy, gumanitar, texnika, tibbiyot, iqtisod, kimyo, fizika, astronomiya va huquq kabi sohalar boʻyicha taʼlim beradi.  QS World University Rankings 2018 boʻyicha 63-oʻrinni, Milliy reytingda 3-oʻrinni egallagan. Shuningdek, fizika, astronomiya, kimyoviy injenerlik va tish davolash, tabiiy fanlar boʻyicha dunyoning eng kuchli 40 ta universiteti roʻyxatiga kiradi. Universitetda Xideki Yukava, Osamu Tedzuka, Akio Morita, Osamu Xayaisi, Xeydzo Takenaka, Siro Akabori, Ryoyu Utiyama kabi turli sohalarning mashhur vakillari oʻqigan.

Toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.

Qaysi tilda va qancha muddat?

Osaka University hamda uning tarkibiga kiruvchi oliygohlarda oʻqish asosan yapon tilida, qisman ingliz tillarida olib boriladi.

  • Bakalavriat: 4 yil;
  • Magistratura: 2 yil;
  • Doktorantura: 3 yil.

Qancha?

Talaba Osaka University’da bir oʻquv yiliga taxminan 4700 AQSh dollari toʻlab oʻqiydi (2018-yilning 27-noyabr holatiga koʻra).

Hujjatlar va dedlayn

*Osaka universiteti Global 30 (gumanitar fanlar)xalqaro bakalavriat dasturi misolida

2019/2020-oʻquv yili uchun:

  • Hujjat topshirishdan oldin barcha ingliz va yapon tilida oʻqitiladigan dasturlar bilan tanishing: SHU YERDA;
  • Onlayn ariza topshirish (gumanitar fanlar boʻyicha bakalavriat uchun): SHU YERDA;
  • Attestat/diplomlaringizning tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxalari (yapon yoki ingliz tilida);
  • SAT, ACT, AP, IB, A-level kabi sertifikatlar nusxalari;
  • Shaxsiy ariza;
  • Ingliz tili sertifikati (TOEFL iBT yoki IELTS sertifikat);
  • 2 ta tavsiyanoma.

*2019-yil uchun FAQ admissions, 2019 HUS Application Guideline, 2019 Tavsiyalarni yuklab oling. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari: SHU YERDA.

Dedlayn: 2018-yil 1-dekabrdan 2019-yil 4-yanvargacha (Global 30 dasturi uchun). Diqqat! Osaka Universiteti idorasi 2018-yil 22-dekabrdan 2019-yil 3-yanvargacha ishlamaydi.

*Kerakli hujjatlar va qabul jarayoni haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA.

Kirish imtihonlari:

Barcha imtihonlar Siz tanlagan (yapon yoki ingliz) tilda oʻtkaziladi va tegishli darajadagi yapon yoki ingliz tilini egallaganlik haqida sertifikat talab etiladi.

*Kirish imtihonlari uchun 17 ming yen (taxminan 150 AQSH dollari) pul toʻlash kerak.

Imtihonlarni universitetdan tanlagan yoʻnalish boʻyicha aniqlashtiring.

Stipendiya bormi?

Stipendiya va imtiyozlar haqida universitet rasmiy saytida tanishish mumkin:

  • Osaka universiteti stipendiyasi – talabani oyiga 80 ming yen (taxminan 702 AQSH dollari) miqdordagi stipendiya bilan taʼminlaydi;
  • Monbukagakusho Honors (JASSO) stipendiyasi;
  • Shuningdek, talabalarni kirish imtihoni puli toʻlashdan va oʻquv yilining birinchi hamda ikkinchi semestri uchun oʻqish haqi toʻlashdan ozod etish imkoniyati mavjud. Batafsil: SHU YERDA;
  • Baholarning minimal koʻrsatkichini toʻplay olgan va oʻqish pulini toʻlashga qiynalgan talabalar toʻlovdan ozod etilishlari mumkin: BATAFSIL.

Ishlash mumkinmi?

Osaka universitetida tahsil olayotgan chet ellik talabaga haftasiga 28 soat, semestrlar oraligʻida esa 50 soatgacha ishlashiga ruxsat beriladi. Buning uchun JASSO tashkilotiga yoki Osaka chet elliklarni ish bilan taʼminlash markaziga murojaat qilish lozim.

Yashash va viza xarajatlari qancha?

Turar joy: Osaka universitetining Toneyma, Seymei, Niina, Koyo va Momidji turarjoylari mavjud. Ulardan birida yashash oyiga taxminan 37-50 AQSH dollari. Agar ijaraga kvartira olsangiz, oyiga 440-500 AQSH dollari. Universitet talabalar uchun oʻz rasmiy saytida yotoqxonalar haqida maʼlumot joylashtirgan. Bu haqida: BATAFSIL.

Osakada oʻqiyotgan talaba oziq-ovqat, oʻquv anjomlari va boshqa xarajatlar, transport, uyali aloqa va internet, madaniyat, sport, turarjoy va hk. uchun oyiga taxminan 1000-1200 AQSH dollari sarflaydi.

Viza xarajatlari. Imtihon topshirish va oʻqish davrida yashash uchun talabalik vizasini rasmiylashtirish lozim. Buning uchun Yaponiya hukumati Immigratsiya Byurosiga yoki yurtimizdagi Yaponiya elchixonasiga murojaat qilish lozim. Manzil: Toshkent shahri 100047, Sodiq Azimov koʻchasi 1-pr, 28-uy; Rasmiy sayt: https://www.uz.emb-japan.go.jp/; Telefon: (+99871) 120-80-60, 61, 62, 63; Faks: (+99871) 120-80-77.

Yaponiya hukumati Immigratsiya Byurosidan uzoq muddatli viza olish uchun kerakli hujjatlar roʻyxati: SHU YERDA.

*Maʼlumotlar taxminan berilgan, muddat va valyuta kursiga qarab oʻzgarishi mumkin.

Osaka University tarkibidagi fakultetlar, oliy maktablar va institutlar:

Bakalavriat:

Bakalavrdan keyingi bosqich (magistrtaura/PhD):

Ilmiy tekshirish institutlari:

Kutubxonalar:

Markazlar:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!