×

OTV va Britaniya Kengashidan tanlov: Mukofot fondi – 200 ming funt-sterling!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

1720 marta

CHOP ETILGAN

06.11.2019

Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston

Kim uchun: OTMlar uchun

Ariza topshirish muddati: 2019-yilning 16-noyabrgacha

Asosiy ma’lumot: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya Kengashi hamkorligida shu yilning may oyidan boshlangan “Higher Education for employability” (Ish bilan ta’minlashda oliy ta’limning ahamiyati) dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tanlov e’lon qiladi.

“Higher Education for employability” dasturi OTMlarning akademik va moliyaviy mustaqilligini belgilash, oliy ta’lim sohasida yetakchi tashkilotlar va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha agentliklar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, oliy ta’limning zamonaviy mehnat bozori talablariga muvofiqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Loyiha dasturning quyidagi asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshiriladi:

– oliy ta’lim sifatini ta’minlash;

– bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mosligini ta’minlash;

– o‘quv dastur va fanlarni ingliz tilida o‘qitish.

Arizalar shu yilning 16 noyabr kunigacha qabul qilinadi.

Manfaatli jihatlari: 

Loyihaning 2019/2020 o‘quv yili uchun byudjeti – 200 000 funt sterling.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: 

Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasalari o‘z loyihalari bilan qatnashishlari mumkin.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar: 

Arizalarni 2019-yil 16-noyabrgacha topshirishingiz mumkin. Ariza shakli: shu yerda.

Manba: shu yerda va shu yerda.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!