×

Oʻz start-up dasturingizni taqdim eting va 50 million soʻm yutib oling!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3087 marta

CHOP ETILGAN

02.10.2019

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: 16 yoshdan katta barcha uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yilning 6-oktabrigacha

Umumiy maʼlumot: O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining to’rtinchi davrida ishtirok  etish uchun arizalar qabuli boshlandi. Joriy yilda eng yaxshi loyihalar startapni  yaratishga oid bilim va tajribadan tashqari o‘z loyihalarini rivojlanitirish uchun dasturning korporativ hamkorlari resurslaridan foydalanish imkoniyati va mukofot pullariga ham ega bo‘ladilar.

Dastur nimani oʻz ichiga oladi?

Hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadigan eng yaxshi loyihalar jamoalari dasturda ishtirok etishlari va bu yil yangi mavzular va ​​amaliy mashg’ulotlar bilan boyitilgan “Lean Startup” (tejamkor startap) uslubi asosida startap loyihalarini yaratishga bag’ishlangan an’anaviy o’quv kursida qatnashishlari mumkin.

Oldingi davrlar tajribasidan kelib chiqgan holda, asosiy e’tibor tanlangan startap loyihalari jamoalari bilan yaqinroq ishlash, mutaxassislar va ekspertlar bilan maslahat uchrashuvlari o’tkazish va startap loyihalarini amalga oshirishda jamoalarni kuzatib borish uchun murabbiylarni jalb qilishga qaratiladi. Mutaxassislar loyiha g’oyalarini tasdiqlash, qiymat takliflari va loyiha tahminlarini tekshirish, MVP (mahsulotning kichim ishchi modeli) ni yaratish, loyihaning biznes modelini ishlab chiqish, savdo kanallarini topish va sarmoyachilarga taqdimotni tayyorlash bo’yicha maslahat beradilar.

Eng muvoffaqiyatli loyihalar jamoalari «Demo day» (Taqdimot-kuni) yakuniy tadbirida o’z loyihalarini hamkor tashkilotlar va istiqboldagi sarmoyachilarga taqdim etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. «Demo day» natijalari bo’yicha eng yaxshi loyihalarga rag’batlantiruvchi sovg’alar va o’z startaplarini amalga oshirish uchun 50 million so’mgacha beg’araz pul mukofotlari beriladi. Mukofot mablag’lari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan.

Bu yil Toshkentdan tashqari Farg’ona, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida ham o’quv-mashg’ulotlar va mahorat darslari o’tkaziladi. Har bir hududda qo’llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun 20 tagacha eng yaxshi loyihalarni tanlash rejalashtirilgan. Dasturning hududiy bosqichi yakunlangach, mahalliy ekspertlar guruhi tomonidan tanlab olingan eng yaxshi loyihalar Toshkentdagi yakuniy «Demo day» da qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Kimlar qatnashishi mumkin?

Dasturda 16 yoshdan yuqori tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, talabalar, oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va tadqiqotchilari, akademik litsey va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ishtirok etishga taklif qilinadilar.

Tanlov qanday amalga oshiriladi?

Dasturga tanlov onlayn arizalar va jamoalar bilan suhbat o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. O’tgan yildagi kabi, qizlar rahbarligidagi yoki jamoalar tarkibida tasischi sifatida qizlar ishtirok etayotgan jamoalar va loyihalar ustuvorlik kasb etadi.

Qanday qilib ishtirok etish mumkin?

Dasturda ishtirok etish shartlari, loyihalarni tanlash mezonlari va ishtirokchilarga qo’yiladigan talablar to’g’risida ma’lumotni http://startup.mehnat.uz sahifasidan olishingiz mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi raqamga murojaat qilish orqali olishingiz mumkin: +998 90 317 39 59.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!