×

O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro Modeli: Yoshlar uchun xalqaro konferensiya!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4283 marta

CHOP ETILGAN

15.11.2019

Qayerda: Buxoro, Oʻzbekiston

Kim uchun: Talabalar va 18 yoshdan 28 yoshgacha boʻlgan barcha uchun.

Ariza topshirish muddati: 2019-yilning 5-dekabrigacha

Asosiy maʼlumot: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekiston xalqaro modeli bu yetakchilikka yoʻnaltirilgan va yosh liderlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan dasturdir. Konferensiya Markaziy Osiyolik yosh liderlar, xalqaro hamkorlar, professional maslahatchilar va volontyor yoshlar tomonidan tashkillashtiriladi va boshqariladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Oʻzbekiston modeli” xalqaro dasturida ishtirokchilar global muammolar va qarama-qarshiliklarni, rezolyutsiyalarni, inqiroz ssenariylarini, bahs-munozaralarni ko’rib chiqishda va natijada global yechimlarda o’z mamlakatlarining vakillarini ovoz berishda xalqaro siyosatni ishlab chiqishning ichki tajribasini sinab ko’radilar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti O’zbekiston xalqaro modeli bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Oʻzbekiston Parlamentining 5 qoʻmitasining akademik simulyatsiyasi. OʻBMTXM yoshlarga ma’lum bir mamlakatning e’tiborli vakillari bilan tanishib, hozirgi global muammolarning universal yechimlarini taklif qilish imkoniyatini beradi. Konferensiya muhokamalari davomida delegatlar ommaviy nutq qobiliyatlarini rivojlantiradilar, global muammolarni tanqidiy tahlil qiladilar va ular uchun amaliy yechimlarni topishga harakat qiladilar.

Konferensiya 2019-yilning 17-18-19-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Anjuman doirasida quyidagi  tashkilotlar modellashtiriladi:

  • Birlashgan millatlar Bosh assambleyasi (ingliz tilida)
  • Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti offisi (ingliz tilida)
  • Xalqaro migratsiya tashkiloti  (ingliz tilida)
  • Jahon turism tashkiloti (rus tilida)
  • O’zbekiston Respublikasi Parlamenti (oʻzbek tilida)

Anjumanga jalb etilishi kutilayotgan ishtirokchilar soni nechta?

Jami ishtirokchilar soni – 350 nafar. Ulardan 250-nafar ishtirokchi butun dunyo mamlakatlari yoshlaridan iborat boʻladi. 100-nafar  yoshlar Oʻzbekiston Respublikasining turli hududlaridan viloyatlar kesimida saralab olinadi.

Ishtirokchilar qanday imkoniyatlarga ega boʻlishadi?

  • Uch kun davomida xalqaro anjumanda toʻlaqonli ishtirokchi sifatida qatnashish.
  • Uch kun davomida tushlik va coffee break bilan taʼminlanadilar.
  • Anjumanning har bir ishtirokchisi uchun taqdim etiladigan anjuman materiallari: beydjik, daftar, ruchka, papka va maxsus sumka bilan taʼminlanadilar.
  • QR Code bilan litsenziyalangan va patentlangan Xalqaro Sertifikat.
  • “We Unite” ijtimoiy bazmi va “Gala Night” madaniy kechasida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Nomzodga qoʻyilgan talablar:

  • Konferensiyada 18-28 yosh orasidagi talaba va yoshlar qatnashishi mumkin.
  • Nomzod ingliz, rus yoki oʻzbek tillaridan birida mukammal soʻzlasha olishi lozim.
  • Nomzodda iqtisodiyot, siyosat, huquq va turizm sohalariga qiziqish boʻlishi lozim
  • Nomzod Konferensiya kunlari (17-18-19-dekabr, 2019) Buxoro shahrida boʻlishi kerak.

     Anjumanda ishtirok etish uchun zarur boʻlgan toʻlov miqdori qancha?

  • Mahalliy delegatlar uchun ishtirok etish narxi: 130 000 so`m
  • Xalqaro delegatlar uchun ishtirok etish badali: 40.00 AQSH dollarini tashkil etadi.

Qanday qilib “UIMUN” anjumani ishtirokchisiga aylanish mumkin?

  1. Ariza shaklini toʻldiring.
  2. Arizangiz boʻyicha yakuniy natijalarni 3 kun ichida qabul qiling.
  3. Elektron pochtangizga kelgan koʻrsatmalarga amal qiling va ishtirok etish uchun zarur boʻlgan toʻlov badalini amalga oshiring.

Toʻlov toʻgʻrisidagi maʼlumotni telegram orqali +998 91 442 51 54 raqamiga (telegran akkaunt: @c_assistant  yoki @c_adviser)ga yuboring.

Tashkilotchilar tomonidan toʻlovingiz oʻtganligi tasdiqlanganidan soʻng tashkilotchilar sizni anjumanning maxsus. Telegram guruhiga qoʻshishadi.

Qoʻshimcha maʼlumotga ega boʻlish uchun quyidagi telegram raqamiga xabar yo`llashingiz mumkin:

+998 91 442 51 54 (telegran akkaunt: @c_assistant  yoki @c_adviser)

 Eslatma: “UIMUN” anjumani tashkilotchilari viloyatdan tashrif buyuradigan va turli davlatlardan keladigan yoshlar, ishtirokchilar uchun yotoqxona bilan ta`minlamaydi. Ammo, qulay narxlarda mavjud boʻlgan mehmonxonalarni tavsiya etishadi.

Anjuman ishtirokchisiga toʻlov badalini toʻladasdan ishtirok etish imkoniyatlari mavjud boʻlib, bu imkoniyatga tashkil etiladigan turli aksiyalarda ishtirok etish orqali qoʻlga kiritish mumkin. Aksiyalardan muntazam xabardor boʻlib borish uchun konferensiyaning quyidagi 2 ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring:

Instagram
Telegram

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!