×

O‘zbekiston: Bolalar uchun insholar tanlovi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

9664 marta

CHOP ETILGAN

04.04.2020

Qayerda: O‘zbekiston

Kim uchun: 4-7, 8-10, 11-13 yosh bolalar uchun

Ariza topshirish muddati: ochiq

Asosiy ma’lumot: shu yerda.

Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusidan biri bo‘lgan 3-tashabbusi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish, yoshlarimizning dasturlashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlov e’lon qiladi.

Tanlov 3 guruh (4-7, 8-10, 11-13 yosh) bolalari o‘rtasida bo‘lib, yoshga qarab tanlov topshiriqlari beriladi hamda har bir guruh bo‘yicha 2 nafardan g‘oliblar saralab olinadi.

Manfaatli jihatlari: 

Tanlov g‘oliblari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining g‘oyalar generatori platformasi a’zoligiga nomzod bo‘lib hisoblanadilar. Bu esa o‘z navbatida yoshlarga g‘oyalarini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, g‘oliblar “JuniorCode” (bolalar uchun dasturlash) kurslarida bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tanlov shartlari:

4-7 yosh

“Mening birinchi dasturim” mavzusida videolavha

1 daqiqalik (hajmi 100 mb)dan oshmagan videolavha tayyorlab, uni @innovator_video Telegram guruhiga joylashtiring.

8-10 yosh

“Men novatorman” mavzusida (70-90 so‘z)dan oshmagan insho yozib, uni @innovator_insho Telegram guruhiga joylashtiring.

11-14 yosh

“Mening innovatsion g‘oyam” mavzusida insho

(100-130 so‘z)dan oshmagan insho yozib, uni @ innovator_insho Telegram guruhiga joylashtiring.

Tanlov shartlari bo‘yicha videolavha va insholarni yuqorida ko‘rsatilgan telegram guruhlarga joriy yilning 1 mayga qadar belgilangan tartibda yuborish talab etiladi.

Hujjat topshirish jarayoni

Anketalarni shu yerdan yuklab olib, to’ldiring va telegramdagi @ innovator_insho Telegram guruhiga joylashtiring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!